Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Matich nega "MYU"ning bu libosini kiyishdan bosh tortdi? (foto)

Matich nega "MYU"ning bu libosini kiyishdan bosh tortdi? (foto)

Baho:
+ | -1

"Manchester Yunayted"ning serbiyalik yarimhimoyachisi Neamanya Matich APLning 11-turida "Bornmut"ga qarshi o‘yinda (2:1) jamoasining lolaqizg‘aldoq tasviri tushirilgan futbolkasida o‘ynashdan bosh tortdi.

30 yoshli futbolchi o‘yin oldidan bu ramzning ma’nosini so‘radi. Bu NATO janglarida halok bo‘lgan britaniyalik askarlarning xotirasiga bag‘ishlanganini bilgach, Matich o‘z formasiga bu ramzni aks ettirishdan bosh tortdi.

Telegraf.rs xabariga ko‘ra, Matich bu nishonni polga uloqtirgan va shunday degan: "Siz mening vatanimni bombardimon qilgansizlar, men bu nishonni hech qachon taqmayman. Agar talab qilinsa, Angliyani ham, klubni ham tark etishga tayyorman".

Matich avvalroq "Chelsi" va "MYU" tarkibida o‘ynagan chog‘ida lolaqizg‘aldoq nishonini formasiga taqqan. Klub Matichning qarorini shaxsiy sabablar deb tushuntirgan.

2015 yilda Britani OAV irlandiyalik futbolchi Jeyms Makkleyni ham formasiga ushbu nishonni taqmagani uchun tanqid qilgan.

Lolaqizg‘aldoq Buyuk Britaniya, Kanada, Yangi Zelandiya va Avstraliyada Birinchi jahon urushi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlash an’anaga kirgan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 19:00, 05.11.2018.
O'qildi: 12641 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.