Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Suso: «Endi bema’ni vadalar bermayman»

Suso: «Endi bema’ni vadalar bermayman»

Baho:
+ | -

«Milan»da o‘zini ko‘rsatayotgan Xesus Suso italiyalik jurnalistlarga intervyu berdi. Quyida ana shu suhbatni o‘qishingiz mumkin.

- Xesus, joriy mavsum top-5 chempionatlardagi eng yaxshi assis­tent bo‘lib turibsiz. Bu haqda qanday fikr bildirasiz?

- Ko‘p ishlasangiz, natijalar uzoq kuttirmaydi. Hammasi tinimsiz mehnat evaziga bo‘ldi. «Milan»da ajo­yib futbolchilar jamlangan. Haqiqatan ham, biz maydonda bir-birimizni yaxshi tushunib harakat qilyapmiz. Shuningdek, o‘zim ham ajoyib sport formasiga kirib boryapman.

- Yaqinda farzandlik bo‘lasiz. Uning dunyoga kelayotgani ham siz uchun rol o‘ynayaptimi?

- Qallig‘im bilan munosabatlarimiz ajoyib. Albatta, farzandimizning dunyoga kelishi biz uchun yangiliklar taqdim etadi. Juda xursand bo‘lish bilan birga, hayajonlanyapman. U xuddi men kabi noyabr oyining birinchi haftasida dunyoga kelishi kerak.

- O‘g‘il bo‘lsa, Romanyoli tufayli unga Alessio deb nom berasizmi?

- Albatta, yo‘q (kuladi). U shu yerda, Italiyada tug‘iladi. Ushbu mamlakatni qallig‘im ikkovimiz juda hurmat qilamiz. Shu bois chiroyli italyancha ism tanlaymiz.

- Agar gol ursangiz, uni bo‘lajak o‘g‘lingizga ataysizmi?

- Umr yo‘ldoshim «Sassuolo»ga qarshi o‘yinda gol ursam, bo‘lajak farzandimizga bag‘ishlashimni kutgan ekan. Lekin o‘sha payt jamoa qiyin kunlarni boshidan o‘tkazayotgandi. Shu bois ham birinchi qilgan ishim murabbiyni quchoqlash bo‘ldi.

- Gattuzo haqida qanday fikrdasiz?

- O‘zgacha inson. U haqda yomon gapirayotganlarga quloq solmang. Shubhasiz, futbolchilar ham, murabbiylar ham o‘sishimiz kerak. Gattuzo o‘tgan mavsumning o‘rtasida ishga kirishdi va ko‘plab muammolarni bartaraf etdi. Menimcha, ayni paytda «Milan» uchun kerakli murabbiy aynan u. O‘zining chempionlik faoliyatiga qaramay, Gattuzo ochiq, oddiy inson. U bilan jahondagi har narsa haqida gaplashish mumkin.

- Klubga Leonardo va Maldinining kelishi muhitni o‘zgartirdimi?

- Ba’zida Leonardo bilan o‘yinlar, shaxsiy masala borasida gaplashaman. Uni hamma narsa qiziqtiradi. Maldini - bu «Milan» degani. U har kuni Milanelloda. Mashg‘ulotlarni kuzatadi, futbolchilar bilan suhbatlashadi, tajribalarini baham ko‘radi. Albatta, bu jamoaning rivojlanishiga yordam beradi.

- Maldiniga qaraganda, «Milan»­ning haqiqiy afsonasi bo‘lish istagi uyg‘onadimi?

- Yaqinda klubdagi 100-uchrashuvimni o‘tkazdim. U 900ta o‘yinda maydonga tushgan. O‘ylaymanki, muxlislar muhabbatiga sazovor bo‘lib, ularning qalbidan joy olaman.

- Katta klublardan takliflar bormi? Otangizning «Real» muxlisi ekanligini yaxshi bilamiz.

- Zamonaviy futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Balki qachondir klub uchun kerak bo‘lmay qolarman. Lekin ayni payt bu yerda baxtliman va hech qayerga ketmoqchi emasman.

- «Inter»ga o‘tishingiz mumkin edi...

- Darhaqiqat, ikki marta yozgi transferlar bozori paytida «Inter» sotib olishga urindi. Lekin menda jamoani o‘zgartirish istagi bo‘lmadi. O‘tgan yozda ham ular agentim bilan bu borada muloqot o‘tkazishdi. Ammo Mirabelli mendan so‘rab o‘tirmay, «Inter» taklifini rad etdi.

- 2016 yilgi derbi oldidan, agar «dubl» qayd etsangiz uyingizgacha piyoda ketishingizni aytgandingiz. Lekin o‘shanda «San Siro»ga yaqin joyda yashardingiz.

- O‘sha uchrashuvda biz g‘alaba qozonmaganmiz. Endi bunday bema’ni va’dalar bermayman.

- Iguain bilan tandemingiz idealdek ko‘rinmoqda.

- Gonsalo - chempion. U jamoaga tezda kirishib ketdi. Yoshlarga yoram bermoqda.

- U bilan bo‘sh vaqtingizni birga o‘tkazyapsizmi?

- Uch oy qo‘shni bo‘lib yashadik. Har kuni ertalab mashg‘ulotga birga borardik.

- Sizning pozisiyangizda o‘ynaydigan qaysi futbolchini yoqtirasiz?

- Menga Azar juda yoqadi. Bolaligimda Kakaga muxlislik qilardim.

A.AHMEDOV tayyorladi 

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:47, 06.11.2018.
O'qildi: 3376 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.