O‘zbekistonlik hakamlar bir qator xalqaro musobaqalarga taklif etilayotgani va o‘sha musobaqalarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Bu esa FIFA va OFKning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.
Jumladan, o‘tgan yilning 29 noyabr kuni Tayland poytaxti Bangkok shahrida Osiyoning eng yaxshilarini aniqlashga bag‘ishlangan AFC ANNUAL AWARDS 2017 marosimida hamyurtimiz, Plyaj futboli hakami Baxtiyor Namozov OFKning maxsus sovriniga loyiq deb topilgandi.
Bu safar Baxtiyor Namozov BAAda bo‘lib o‘tayotgan Plyaj futboli bo‘yicha "Dubai Cup" Xalqaro musobaqasidan taklif oldi. Hamyurtimiz bugun ushbu musobaqa doirasidagi Braziliya - Ispaniya uchrashuvida bosh hakam sifatida ishlaydi.
"Dubai Cup" Xalqaro musobaqasida BAA, Misr, Eron, Rossiya, Taiti, AQSH, Ispaniya kabi terma jamoalar qatnashishmoqda.
Ferran Torres Madriddan uy qidirmoqda [3936]
Klinsmann superkompyuter fikriga qo‘shilmadi va JCH-2026 dagi o‘z favoritini ma’lum qildi [3587]
Mourinyo «Real» uchun yangi futbolchi tanladi [2737]
Anchelotti Marokashga qarshi bahs oldidan Braziliya terma jamoasining yangi «quroli»ni ochiqladi [2449]
Xabi Alonso fransuz yulduzini «Chelsi»da ko‘rishni istamoqda [2434]
«Real» afsonalari «Inter»ni mag‘lub etdi [2208]
JCH-2026. Qatar 94-daqiqada Shveysariyadan ochko tortib oldi (Videosharh) [1937]
Marokash terma jamoasi Braziliya bilan qayd etilgan durangdan norozi [1868]
Endrik emas: Anchelotti Braziliyaning JCH-2026 dagi ilk o‘yini uchun hujumchi tanladi [1856]
JCH-2026. Braziliya va Marokash bahsida g‘olib aniqlanmadi [1842]













