Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Bugun U-23 Osiyo chempionatiga qur’a tashlanadi

Bugun U-23 Osiyo chempionatiga qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 2020 yil Tailandda U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Bugun OFK yana bir musobaqaning saralash o‘yinlariga qur’a tashlash marosimini o‘tkazadi.

Ushbu musobaqa Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma beradi. Ma’lumki, shu yilning qish faslida mazkur musobaqada O‘zbekiston U-23 terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Tailanddagi musobaqada kuchli uchlikka kirgan jamoalar yozda Olimpiada o‘yinlariga boradi. Ertaga OFK ushbu chempionatning saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimini o‘tkazadi. Saralash bosqichida jami 44 ta jamoa qatnashadi. Terma jamoalar ikki mintaqaga bo‘lingan: Sharq va G‘arb. Sharqda 20 ta, G‘arbda esa 24 ta jamoa final bosqichi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Saralash bahslariga 12 ta davlat mezbonlik qiladi. G‘arb mintaqasidan: O‘zbekiston, Qatar, Saudiya Arabistoni, Eron, Bahrayn, Quvayt. Sharq mintaqasidan: Vyetnam, Malayziya, Myanma, Kambodja, Timor-Leste, Mo‘g‘uliston.

Ko‘rib turganingizdek, biz joy oladigan guruh o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Saralash bosqichi 2019 yilning 22-26 mart kunlariga belgilangan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasining vaqtincha murabbiyi Ravshan Haydarov hisoblanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:22, 07.11.2018.
O'qildi: 5925 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик