Xabaringiz bor, kelasi yilning mart oyida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda Osiyo chempionati saralashida qatnashadi. Ushbu saralashda g‘olib chiqqan jamoa 2020 yil Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Tailanddagi Osiyo chempionatida 1-3 o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar Tokio-2020 olimpiadasida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bugun Osiyo chempionati saralashiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "F" guruhida Hindiston, Tojikiston va Pokiston terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. Saralash bahslari kelasi yilning 22-26 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra saralash bahslari Sharq va G‘arb mintaqasiga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. Har ikki mintaqadagi guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jami 11ta terma jamoalar Osiyo chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi. Ularga o‘z guruhlarida eng yaxshi natija qayd etgan 4ta ikkinchi o‘rin sohiblari hamda mezbon sifatida Tailand ham qo‘shiladi.
Osiyo chempionatida eng kuchli 16ta terma jamoa ishtirok etadi.
Mbappening "Real"dan ketish ehtimoli oshdi [4697]
Ronaldu Messining xayrlashuv postiga ta’sirli izoh qoldirdi [4538]
Mbappe Florentino Peresga ultimatum qo‘ydi — u «Real»dan ketishi mumkin [3977]
Kilian Mbappe uchun kurashda favorit ma’lum bo‘ldi [3748]
Kukurelya Xorvatiyada birinchi raqamli davlat dushmani deb topildi [2982]
Mourinyo Luninni "Real"dan ketkazishga qaror qildi [2668]
Xulian Alvares o‘ziga yangi klub tanladi [2470]
Portugaliyalik yurist: «Ronalduni diskvalifikasiya qilish bo‘yicha qaror tezda chiqariladi» [2020]
Jerrard: "Jorje Jezush o‘zining o‘lim to‘g‘risidagi qarorini imzoladi" [1990]
"Manchester Siti" futbolchilari agentlari shartnomalarni bekor qilish yo‘llarini qidirmoqda [1946]













