Kecha kechki payt Toshkent shahridan Nukus tomon yo‘lga chiqqan jamoamiz a’zolari 17 soatlik uzoq yo‘lni bosib o‘tib, ko‘zlangan manzilga eson - omon yetib keldilar.
Rejaga ko‘ra tushlikdan so‘ng jamoamiz a’zolari Nukusdagi «Turon» markaziy o‘yingohida o‘yin oldi rasmiy mashg‘ulot o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Orol» - «Surxon» uchrashuvi 8-noyabr kuni markaziy «Turon» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
«Surxon» PFK matbuot xizmati.