Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Turinda drama. «MYU» so‘nggi daqiqalarda «Yuventus»ni mag‘lub etdi (video)

Turinda drama. «MYU» so‘nggi daqiqalarda «Yuventus»ni mag‘lub etdi (video)

Baho:
+1 | -1

Yevropa chempionlar ligasining 4-turida muxlislar dramatik o‘yin guvohiga aylanishdi. O‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qilgan "Yuventus", so‘nggi daqiqalarda nafaqat g‘alabani qo‘ldan chiqardi, balki mag‘lubiyatga ham uchradi.

Uchrashuv davomida mezbonlar katta ustunlikka ega bo‘lishdi, biroq birinchi bo‘limda gol urishga ularga nasib qilmadi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Bonuchchi tomonidan maydon markazidan yetkazilgan uzatma natijasida Krishtianu Ronaldu to‘pni yerga tushirmasdan darvozaga joylab qo‘ydi.

Keyingi daqiqalarda turinliklar kamida yana bir necha marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishlari mumkin edi, ammo to‘p ikki marta darvoza ustuni va to‘sinigi tegib qaytdi.

Mankunianliklar o‘yinning so‘nggi 10 daqiqasida faollashib qolishdi va buning uchun mukofotlanishdi. Bahsning 86-daqiqasida Xuan Mata jarima zarbasini ajoyib tarzda golga aylantirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, "MYU" bu safar qanotdan "standart"ga ega bo‘ldi. Jarimadan yetkazib berilgan to‘pni "Yuve" posboni Shchesni qaytardi, ammo to‘p Bonuchchining boshiga tegib, to‘rga borib tushdi.

O‘yinga qo‘shib berilgan 4-daqiqada "Yunayted" uchinchi golni ham urishi mumkin edi. Qarshi hujum tufayli Reshford darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. To‘p Shchesnining oyog‘iga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi.

Ushbu g‘alabadan keyin "MYU" o‘z ochkolarini 7taga yetkazib, hisobida 9 ochko mavjud bo‘lgan "Yuventus"ga yaqinlashib oldi. "Valensiya" esa kecha oqshom o‘z maydonida "Yang Boyz"ni mag‘lub etdi va 5 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

YECHL, "H" guruhi, 4-tur
Yuventus Italiya – Manchester Yunayted Angliya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 65 Ronaldu, 1:1 – 86 Mata, 1:2 – 89, avtogol Aleks Sandro.
Yuventus – Shchensni, De Shilyo (Bardzali, 83), Bonuchchi, Kyellini, Aleks Sandro, Kuadrado (Mandjukich, 90), Xedira (Matyuidi, 61), Pyanich, Bentankur, Dibala, Ronaldu.
Manchester Yunayted – De Xea, Yang, Smolling, Lindelef, Shou, Errera (Mata, 79), Matich, Pogba, Lingard (Reshford, 70), Sanches (Fellayni, 79), Marsyal.
Ogohlantirishlar: Matich (12), Aleks Sandro (55), Dibala (75), Errera (75), Marsyal (90).

Valensiya Ispaniya – Yang Boyz Shveysariya 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 14 Santi Mina, 1:1 – 37 Assale, 2:1 – 42 Santi Mina, 3:1 – 56 Soler.
Valensiya – Neto, Vass, Garay, Gabriel, Gayya, Soler, Koklen, Kondogbia (Ruben Vezu, 87), Gedesh (Ferran Torres, 75), Rodrigo, Santi Mina (Gameyro, 68).
Yang Boyz – fon Ballmos, Mbabu, Lauper, fon Bergen, Benito, Fassnaxt (Nsame, 61), Sou, Sanogo, Ngamale (Suleymani, 46), Oaro (Ebisher, 75), Assale.
Ogohlantirishlar: Ngamale (18), Santi Mina (22), Gayya (30), Mbabu (35), Benito (38), Lauper (57), fon Bergen (67), Soler (81).
Chetlatish: Sanogo (77).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:10, 08.11.2018.
O'qildi: 15792 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик