Poytaxtimizda OFKning xalqaro “A” sertifikati uchun murabbiylik o‘quv kurslari bo‘lib o‘tayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. O‘quv kursida 24 nafar murabbiy ishtirok etyapti.
O‘quv kursini FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov olib bormoqda. Unga koordinator Oybek Davletmuratov yordam beryapti. Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar 2019 yildan boshlab Pro-ligada bosh murabbiy, Superligada yordamchi murabbiy, terma jamoalarda esa murabbiy bo‘lib ishlash huquqini qo‘lga kiritadilar. Shundan so‘ng murabbiylar ikki yil davomida murabbiy sifatida faoliyat yuritib, keyin "Pro" lisenziyasi uchun o‘qishni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.
Ushbu o‘quv kurslarida yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilari, hozirgi kunda murabbiylik sohasida faoliyat olib borayotgan Temur Kopadze, Viktor Karpenko, Asror Aliqulov, Ne’matullo Quttiboyev, Xayrulla Karimov, Abdumajid Toirov kabi futbolchilar ishtirok etishyapti. Shuningdek, "A" lisenziyasini qo‘lga kiritib bo‘lgan mutaxassislar - Ulug‘bek Baqoyev, Jasur Abduraimov va Jafar Irismetovlar erkin tinglovchi sifatida mazkur kurslarda qatnashib, bilimlarini yangilashmoqda.
Bugun "A" lisenziyasi uchun tahsil olayotgan murabbiylar O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan uchrashishdi. Tajribali argentinalik mutaxassis uchrashuv davomida murabbiylarni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tdi. Shuningdek, murabbiylik sohasi bo‘yicha turli masalalar bo‘yicha fikr almashildi.
Ushbu o‘quv kurslari 18 noyabr kuniga qadar davom etadi.
Xoland faqat bir klubga o‘tishni istamoqda [15237]
«Real» murabbiyligiga kutilmagan nomzod ma’lum bo‘ldi [4999]
Italiya JCH-2026 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishi mumkin [3083]
«Real TV» ishga kirishdi! [2279]
Hakam Mbappening jarima maydonida yiqilishiga ikki bor e’tibor bermadi (+Foto) [1909]
Gvardiola Bernardudan «juda g‘azabda» ekanini aytdi [1860]
La Liga. «Real» — «Jirona» — 1:1 (Videosharh) [1675]
O‘zFHM "Qo‘qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi [1554]
Laporta: «Kambekka ishonaman, lekin...» [1527]
Chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qilgan jamoalar soni 5 taga yetdi [1505]













