Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost 2-2 Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale 3-1 Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe 2-0 Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor 0-1 Ar-Rayyan
05/11 23:00 An-Nasr (SA) - Al-Ayn

Novak Jokovich yil tennischisi deb topildi

Novak Jokovich yil tennischisi deb topildi

Baho:
+ | -

Professional tennischilar uyushmasi (ATP) serbiyalik tennischi Novak Jokovichni yil tennischisi deb topdi. Unga, shuningdek, “Yil qaytishi” mukofoti berilgan.

Tirsagida operasiyani o‘tkazgan Jokovich 2018 yil iyunda reytingning 22-o‘riniga qaytdi. Mavsum oxiriga kelib esa u 1-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Unga bunday natijaga erishishda yordam bergan murabbiyi Marian Vayda esa yil murabbiyi deb topildi.

Joriy mavsumda 31 yoshli tennischi 60 ta uchrashuvdan 49 tasida g‘alabaga erishgan.

E’tiborlisi, 31 oktyabrda Jokovich portugaliyalik Joao Souzuga qarshi o‘yinda tobi qochgan muxlisga yordam ko‘rsatdi. Uchrashuv to‘xtatilib, sportchi tobi qochgan muxlis yoniga borib, uning holi bilan qiziqqan va unga o‘z sochig‘ini hadya qilgan. Shundan keyin o‘yin davom ettirilgandi. 

Jokovich professional tennischi maqomini 2003 yilda olgan. U “Masters” seriyasidagi barcha 9 ta musobaqada g‘alaba qozongan tarixdagi birinchi tennischi, 2018 yil sentyabr holatiga ko‘ra, olingan mukofot pullari umumiy qiymatiga bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. 5 marta dunyoning birinchi raqamli tennischisi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 00:07, 10.11.2018.
O'qildi: 1946 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.