Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya

Superliga. Qanday holatda «Paxtakor» chempion bo‘ladi?

Superliga. Qanday holatda «Paxtakor» chempion bo‘ladi?

Baho:
+ | -1

Kecha O‘zbekiston chempionatining 30-turi doirasida dastlabki o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. "Lokomotiv" o‘z maydonida "Buxoro"ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Natijada "temiryo‘lchilar" "Paxtakor" bilan oradagi farqni 9taga yetkazib, chempionlik sari yana bir jiddiy qadam tashlashdi.

Arveladze jamoasi bugun Toshkentda "Metallurg"ga qarshi bahs olib boradi va katta ehtimol bilan g‘alaba qozonadi. Natijada ular "Loko" bilan farqni 6 ochkoga yetkazib qo‘yishadi. Navbatdagi turda esa "Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Demak, "sherlar"da chempionlik uchun nazariy imkoniyat mavjud. Ammo bu oson bo‘lmaydi. Boisi, buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:

1. 24 noyabr kuni bo‘ladigan 31-tur bahsida "Paxtakor" safarda "Lokomotiv"ni kamida 3ta to‘p farqi bilan mag‘lub etishi shart. Superliga reglamentiga ko‘ra, ochkolar teng bo‘lib qolgan holatda ("Paxtakor" qolgan o‘yinlarda g‘alaba qozonib, "Lokomotiv" mag‘lub bo‘lsa, ochkolar tenglashib qoladi), dastlab jamoalarning o‘zaro o‘yinlari (ochko, to‘plar farqi, urilgan gollar soni, raqib maydonida urilgan gollar soni)ga e’tibor qaratiladi. Ushbu mavsum davomida bu klublarning o‘zaro o‘yinlarida quyidagi natijalar qayd etilgan:

"Lokomotiv" - "Paxtakor" - 0:0
"Paxtakor" - "Lokomotiv" - 1:1
"Paxtakor" - "Lokomotiv" - 1:3

Ko‘rib turganingizdek, o‘zaro o‘yinlarda "Loko" 5 ochko to‘plagan bo‘lsa, "sherlar" hisobida 2 ochko mavjud. To‘plar farqi esa 4-2, "temiryo‘lchilar" foydasiga. Fyodorov jamoasi barcha gollarni safarda urgan. Demak, "Paxtakor" o‘zaro o‘yinda ustunlikka erishib olish uchun "Lokomotiv" maydonida 3ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishi talab etiladi.

Shuningdek, Arveladze jamoasini 4:2, 5:3, 6:4 hisobidagi g‘alaba ham qanoatlantiradi. "Paxtakor"ning 4:2 hisobidagi g‘alabasi tufayli o‘zaro o‘yinlarda mutlaq tenglik yuzaga keladi. Hozirda umumiy to‘plar farqi "sherlar"da yaxshiroq bo‘lgani uchun (30-13, Loko"da 31-15) yakunda ular raqib yuqorida bo‘lishadi. 5:3, 6:4 kabi hisoblarda esa safarda urilgan gollar tufayli paxtakorchilar ustulikka ega bo‘lishadi.

2. Chempionatning so‘nggi turida "Paxtakor" o‘z maydonida "Bunyodkor"ni mag‘lub etishi kerak.

3. 30 noyabr kuni bo‘ladigan 32-turda "Lokomotiv" Namanganda "Navbahor"ga yutqazishi kerak.

Mana shu 3ta shart bajarilsa, "Lokomotiv" va "Paxtakor"ning ochkolari tenglashadi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha paxtakorchilar chempionlikni qo‘lga kiritishadi. Aks holda "temiryo‘lchilar" navbatdagi chempionlikni rasmiylashtirishadi. Jumladan, 24 noyabr kuni bo‘ladigan "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda "Loko" kichik hisobda mag‘lub bo‘lsa ham, muddatidan avval chempionga aylanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:21, 10.11.2018.
O'qildi: 9123 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.