Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya 1-2 Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya 5-0 O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar
25/06 03:00 Shotlandiya - Braziliya
25/06 03:00 Marokash - Gaiti
25/06 06:00 Chexiya - Meksika
25/06 06:00 JAR - Janubiy Koreya

Dzyudo. Hikmatullo To‘rayev Toshkent Gran-Prisi g‘olibi!

Dzyudo. Hikmatullo To‘rayev Toshkent Gran-Prisi g‘olibi!

Baho:
+ | -

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-Pri turniri o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirdi. Bugun musobaqa doirasida erkaklar o‘rtasida -73 kg, -81 kg, ayollar o‘rtasida esa -63 kg va -70 kg vazn toifalarida bahslar o‘tkazildi.

-73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Hikmatullo To‘rayev turnir davomida Ruminiya, Shvesiya, Fransiya, BAA vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi va finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi jangda u germaniyalik Igor Vandtkega qarshi tatamiga chiqdi va qiyin kechgan jangda g‘alaba qozona oldi. Shu tariqa, Hikmatullo ushbu Gran-Prida terma jamoamiz hisobida dastlabki oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, kecha musobaqada -60 kg vazn toifasida Diyorbek O‘rozboyev (kumush), -66 kg vaznli sportchilar o‘rtasidagi bahslarda esa Sardor Nurillayev (kumush) va Shahram Ahadov (bronza) sovrindorlar qatoridan o‘rin olgandilar.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:20, 10.11.2018.
O'qildi: 2589 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик