Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Qilichbozlik bo‘yicha «Satellit» xalqaro turnirining ochilish marosimi o‘tkazildi

Qilichbozlik bo‘yicha «Satellit» xalqaro turnirining ochilish marosimi o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Poytaxtimiz yana bir xalqaro musobaqaga mezbonlik qilmoqda. Bugun, 11 noyabr kuni Toshkentdagi «Universal» sport saroyida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha «Satellit» xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.

Bahslarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Indoneziya, shuningdek, Xalqaro qilichbozlik federasiyasi bayrog‘i ostidagi sportchilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bormoqdalar.

Biroz avval musobaqaning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosarlari, O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasi raisi hamda Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov so‘zga chiqar ekan, yana bir nufuzli musobaqa O‘zbekistonga ishonib topshirilganini, yurtimiz mazkur turnirni yuqori saviyada o‘tkaza olishini, buning zamirida O‘zbekistonda sportga ko‘rsatilayotgan e’tibor yotganini qayd etib o‘tdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan mutasaddilar ham O‘zbekistonda sport bilan shug‘ullanish uchun juda yaxshi sharoitlar yaratilganligini aytib, turnir ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tilashdi.

O‘zbek estradasi yulduzlarining chiqishlari tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasidan so‘ng, ochilish marosimi nihoyasiga yetdi va asosiy bahslarga start berildi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 13:51, 11.11.2018.
O'qildi: 1913 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик