“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Liganing 12-tur doirasida “Betis” darvozasiga gol urdi, biroq kataloniyaliklar mag‘lubiyatga uchradi.
“Barselona” tarkibida Messi asosiy tarkibda maydonga tushdi va 67-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobiga gol yozib qo‘ydi.
Gap shundaki, Messi bugun jarohatidan forig‘ bo‘lgach, ilk marta gol urdi. U “Barsa”ning barcha musobaqalardagi beshta o‘yinini o‘tkazib yubordi.