Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bugun Iguain uchun omadsiz kun bo‘ldi

Bugun Iguain uchun omadsiz kun bo‘ldi

Baho:
+ | -

Italiya “A” Seriyasining 12-turida “Milan” o‘z maydonida “Yuventus”dan mag‘lub bo‘lmoqda.

“Milan” hujumchisi Gonsalu Iguain birga-bir holatga chiqib ketib turganida Mexdi Benatiya qo‘li bilan to‘pni to‘xtatib qoldi. Avvaliga bosh hakam penalti belgilashga ikkilandi. Ammo, bu ishga VAR qo‘shilganidan keyin, hakam qarorini o‘zgartirdi. Mazkur penaltini argentinalik futbolchining o‘zi amalga oshirdi. Biroq, u sobiq jamoadoshi Shesnining darvozasiga yo‘l topolmadi.

Shundan so‘ng, argentinalik futbolchi yana o‘sha Benatiya bilan to‘qnashib ketdi va hakam unga dastlab sariq kartochka ko‘rsatdi. Bundan norozi bo‘lgan Iguain hakamga o‘chqira boshladi va sobiq jamoadoshlarini ham ayab o‘tirmay maydonni tark etdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:28, 12.11.2018.
O'qildi: 2239 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.