Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«Barselona» ichki muammolar girdobida qoldi!

«Barselona» ichki muammolar girdobida qoldi!

Baho:
+ | -

La liganing 12-turi doirasida "Betis"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat (3:4) tufayli "Barselona" klubi ispan nashrlari sahifasidan tushmay qoldi. Ma’lumotlarga qaraganda, mazkur o‘yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde va hujumchi Luis Suares himoyachi Jerar Pike bilan tortishib qolishgan.

11 noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan o‘yin davomida Valverde ba’zi futbolchilarning harakatidan qoniqish hosil qilmayotgani ko‘rinib turgandi. Kataloniyaliklar hisobda ortda borishayotgan paytda Pike bir necha marta hujumga o‘tayotganini aytib, o‘z o‘rnini Ivan Rakitichga qoldirdi. Vaziyatlarning birida Jerar raqib himoyachisi Mark Bartra bilan to‘p uchun kurashda yutqazdi va andalusiyaliklar qarshi hujumga o‘tib ketishdi. So‘nggi himoyachi pozisiyasida qolgan Rakitich raqibga nisbatan fol ishlatishga majbur bo‘ldi. Natijada u ikkinchi sariq kartochkani olib, "Barsa"ning bir kishi kam bo‘lib qolishiga sababchi bo‘ldi. Boz ustiga, xorvatiyalik futbolchi "Atletiko"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

"Ko‘k-anorranglilar" bir kishi kam bo‘lib qolgani sababli Valverde hujum chizig‘ini kuchaytirish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Hisob 2:4 bo‘lib turganida ham Pike murabbiyning maslahatiga amal qilmasdan yana oldinga qarab yugurib ketdi. Bundan jahli chiqqan murabbiy himoyachini so‘kib berdi: "Yana qayoqqa qarab yuguryapsan? Ular yana bitta golni urishadi-ku... Jerar!"

O‘yindan keyin asabiy tortishuv Pike va Luis Suares o‘rtasida davom etdi. Ular o‘z og‘izlarini qo‘llari bilan bekitib olgan bo‘lsalar-da, ispan nashrlari gap nima haqida ketayotganini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Jerar urugvaylik futbolchining tanqidlariga himoyachi keskin javob qaytardi. Bundan tashqari, Pike boshqa futbolchi Arturo Vidal bilan ham "san-man"ga bordi. Ispaniyalik futbolchi juda qulay vaziyatda Vidalning gol urishiga xalal berib qolgandi.

Ispan nashrlarining ta’kidlashicha, "Barselona"ning asosiy muammolaridan biri "kichik" jamoalarga qarshi o‘yinlarda futbolchilar kerakli motivasiya bilan yondashmaydi. Grandlarga qarshi o‘yinlarni esa "ko‘k-anorranglar" yuqori saviyada o‘tkazishadi va raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmaydi. "Betis" klubi o‘yin borasida intizomsizlik tufayli "Barsa"ni jazolashga muvaffaq bo‘ldi.

Hozirda "Barselona" Ispaniya La ligasi peshqadami bo‘lib turgan bo‘lsa-da, chempionlikni qo‘lga kiritish ularga oson bo‘lmaydi. Ma’lumot uchun: Yevropaning top-5 chempionatlari peshqadamlari orasida eng kam ochko (24) jamg‘argan klub — "Barselona" . Kataloniyaliklar ushbu mavsumda o‘z darvozalaridan naq 18ta to‘p o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lishdi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 08:35, 14.11.2018.
O'qildi: 20053 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик