Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

22 noyabr kuni Osiyo Chempionlar ligasining 2019 yilgi mavsumi guruh bosqichiga qur’a tashlanadi

22 noyabr kuni Osiyo Chempionlar ligasining 2019 yilgi mavsumi guruh bosqichiga qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

PEPSI  Superliga bahslari ham sekin-asta o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda. Kelasi turda mamlakat chempioni hamda vise-chempioni nomi ma’lum bo‘lishi ham mumkin.

Qayd etish joizki, AGMK jamoasi allaqachon O‘zbekiston kubogi finalida g‘alaba qozonib, kubokni boshi uzra ko‘tarishga ulgurdi. Bu esa mazkur jamoaga kelasi mavsumda xalqaro maydonda mamlakatimiz sharafini himoya qilish imkoniyatini taqdim etadi.

OFK O‘zbekistonga2019-2020 yillar uchun 1+2 ko‘rinishida kvotalar taqdim etdi. Bu esa Superliga g‘olibining kelasi 2 yilda Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etishini, yana 2 ta klubimizning esa saralash bosqichidan boshlab ushbu nufuzli musobaqada qatnashishini anglatadi.

Kelasi haftaning 22 noyabr kuni Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida Osiyo Chempionlar ligasining 2019 yilgi mavsumi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda qit’amizning klublar miqiyosidagi eng nufuzli musobaqasi guruh bosqichida jamoalar kelasi yilgi mavsum uchun o‘z raqiblari nomini bilib olishadi.

Qayd etish joizki, hali O‘zbekistonning 2018 yilgi chempioni va vise-chempioni nomi rasman ma’lum emas. Hozircha faqatgina AGMKning kubok sohibi sifatida 2019 yilgi qit’a Chempionlar ligasining o‘tish boqsichidan boshlab ishtirokini boshlashi ma’lum. Olmaliqliklar o‘tish bosqichida Tojikistonning “Istiqlol” klubi bilan to‘qnash keladi. Mazkur o‘yin 12 fevral kuni AGMK maydonida bo‘lib o‘tadi. Ushbu juftlik g‘olibi esa pley off bosqichiga yo‘l oladi va safarda Saudiya Arabistonining “Al Nasr” jamoasi qarshiligini yenggishi lozim bo‘ladi. AGMK jamoasi agar saralashdan muvaffaqiyatli o‘tsa, yakunda “A” guruhidan o‘rin oladi.

O‘zbekiston vise-chempioni esa o‘tish bosqichida Iroqning “Eyr Fors” klubi bilan to‘qnash keladi. Mazkur o‘yin Superliga kumush medallarini qo‘lga kiritadigan jamoa maydonida bo‘lib o‘tadi. Ushbu juftlikda g‘alaba qozongan jamoa esa pley offda BAAning “Al Nasr” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Mazkur o‘yinda raqibdan ustun keladigan jamoa guruh bosqichida “D” guruhidan o‘rin egallaydi.

O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritadigan jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichidan ishtirokini boshlaydi. PEPSI  Superliga g‘olibi OCHL-2019da “B” guruhidan joy olishi ko‘zda tutilgan. 

O‘tish bosqichi

12 fevral

O‘zbekiston vise-chempioni – “Eyr Fors” (Iroq)

AGMK – “Istiqlol” (Tojikiston)

Pley off bosqichi

19 fevral

“Al Nasr” (BAA) - O‘zbekiston vise-chempioni / “Eyr Fors” (Iroq)

“Al Nasr” (Saudiya Arabistoni) – AGMK / “Istiqlol” (Tojikiston)

Ta’kidlash joiz, qur’a tashlash marosimi 22 noyabr kuni Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida joylashgan OFK qarorgohida bo‘lib o‘tadi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 19:29, 15.11.2018.
O'qildi: 7051 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.