O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze JCH-2026 musobaqasida jamoaning ishtiroki haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Jahon chempionatining birinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Terma jamoamizning yagona goliga sobiq SSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi.
«Jahon chempionatidagi ilk o‘yinimiz mamlakatimiz uchun juda hayajonli va tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Mag‘lubiyatga qaramay, jamoa munosib o‘yin ko‘rsatdi, xarakter namoyon qildi va bunday darajada raqobatlasha olishini isbotladi. Futbolchilarimiz uchun bu jahon chempionatidagi birinchi tajriba edi va mazkur uchrashuv ularning keyingi o‘sishi uchun muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.
Abbosning goli butun o‘zbek futboli uchun alohida voqea bo‘ldi. Bu O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi ilk golidir va u abadiy tarixda qoladi. Abbos uchun juda xursandman, u bu lahzani mehnati va o‘z ishiga bo‘lgan munosabati bilan munosib ravishda qo‘lga kiritdi.
Guruhdan chiqish imkoniyatlariga kelsak, bitta o‘yindan keyin hech narsa hal bo‘lmaydi. Bu uchrashuv jamoamizda salohiyat borligini ko‘rsatdi. Oldinda yana ikkita o‘yin bor va jamoa keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyatlarni saqlab qolmoqda. Eng muhimi, birinchi o‘yindan to‘g‘ri xulosa chiqarish va keyingi bahslarga maksimal darajada tayyorgarlik ko‘rishdir», — dedi Kapadze.
23 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. 27 iyun kuni esa Kongo terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.













