Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

JCH-2026: Kanada Qatarni tor-mor etdi, Osiyo vakillari o‘yinni 9 kishi bo‘lib yakunlashdi

JCH-2026: Kanada Qatarni tor-mor etdi, Osiyo vakillari o‘yinni 9 kishi bo‘lib yakunlashdi

Baho:
+ | -2

Kanada terma jamoasi Jahon chempionati—2026 guruh bosqichi doirasida Qatar terma jamoasi ustidan yirik — 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv Vankuverdagi «BS Pleys» stadionida bo‘lib o‘tdi.

O‘yinning 16-daqiqasida Kayl Larin hisobni ochgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Jonatan Devid kanadliklarning ustunligini ikki barobarga oshirdi. 33-daqiqada qatarliklar maydonda bir kishi kam bo‘lib qolishdi — Xomam Ahmad so‘nggi umid foli uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. Birinchi bo‘lim yakuni arafasida Devid dublini rasmiylashtirib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Kanada terma jamoasi yarim himoyachisi Ismael Kone Assim Madibo bilan to‘qnashuvdan so‘ng jiddiy jarohat oldi. Ushbu qo‘polligi uchun qatarlik futbolchi ham maydondan chetlatildi. Zaxiradan maydonga tushgan Natan Saliba jarima zarbasini golga aylantirib, hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi. 75-daqiqada Qatar himoyachisi Muhammad Al-Mannai to‘pni o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi (avtogol), hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda esa Jonatan Devid xet-trikini rasmiylashtirib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Kanada o‘z ochkolarini 4 taga yetkazib, «V» guruhida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Qatar esa 1 ochko bilan so‘nggi pog‘onani band etib turibdi.

JCH-2026 ning 3-turida Kanada terma jamoasi Shveysariyaga qarshi maydonga tushsa, Qatar Bosniya va Gersegovina bilan kuch sinashadi. Ikkala uchrashuv ham 24 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

KANADA — QATAR — 6:0
Gollar: Kayl Larin 16 (1:0), Jonatan Devid 29 (2:0), Jonatan Devid 45+3 (3:0), Natan Saliba 64 (4:0), Muhammad Al-Mannai 75-avtogol (5:0), Jonatan Devid 90+2 (6:0).
Kanada: Krepo, De Fujerol (Oluvaseyi, 71), Kornelius (Bombito, 46), Lareya, Djonston, Eushtakiu, Kone (Saliba, 57), A. Axmed (Shaffelberg, 71), Byukenen (Sigur, 83), Larin, Devid.
Qatar: Abunada, Pedru Migel, Xuxi, X. Axmed, Al-Oui, Madibo, Laye, Abdulsallam (Fati, 46; Mendes, 87), Afif (Al-Xusseyn, 59), Edmilson Junior (Al-Mannai, 46), Abdurisak (Al-Brake, 40).
Ogohlantirishlar: Kornelius (9) — Fati (62).
Chetlatishlar: X. Axmed (33), Madibo (53).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:09, 19.06.2026.
O'qildi: 3366 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик