Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Superkompyuter O‘zbekiston terma jamoasining guruhdan chiqish imkoniyatini baholadi

Superkompyuter O‘zbekiston terma jamoasining guruhdan chiqish imkoniyatini baholadi

Baho:
+-1 | -

Opta statistik portali AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tayotgan Jahon chempionatining 1-turidan so‘ng favoritlar reytingini yangiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasining turnirda g‘olib chiqish imkoniyati 0,02 foiz deb baholangan.

Fabio Kannavaro shogirdlari dastlabki turda Kolumbiyaga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, superkompyuter O‘zbekistonning JCH—2026 dagi imkoniyatlarini quyidagicha hisoblab chiqdi:

Guruhda 1-o‘rinni egallash: 1,07%
Pley-offga yo‘l olish (1/16 final): 20,65%
Nimchorak final (1/8 final): 4,44%
Chorak final: 1,22%
Yarim final: 0,35%
Final: 0,06%
Chempionlik: 0,02%

Opta superkompyuteri talqiniga ko‘ra, 2026-yilgi mundialning asosiy favoriti — Fransiya terma jamoasi (chempionlik ehtimoli 15,73 foiz). Ikkinchi pog‘onadan Angliya (12,33 foiz) joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni amaldagi jahon chempioni Argentina (12,28 foiz) yakunlab berdi.

Asosiy da’vogarlardan biri hisoblangan Ispaniya 12,08 foizlik ko‘rsatkich bilan 4-o‘rinni egalladi. Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliyaning Kongo DR bilan kutilmagan durangi oqibatida ularning chempionlik imkoniyati 6,73 foizdan 5,94 foizga tushib ketdi va jamoa 6-o‘ringa joylashdi. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Portugaliya va Ispaniya 1-turda o‘zidan kutilgan natijani qayd eta olmagani uchun ularning imkoniyatlari pasaytirilgan, biroq keyingi turlardagi g‘alabalar bu foizlarni yana o‘zgartirishi mumkin.

JCH—2026 g‘olibligiga asosiy da’vogar 15 ta jamoa (1-turdan so‘ng):

Fransiya 15,73%
Angliya 12,33%
Argentina 12,28%
Ispaniya 12,08%
Germaniya 6,43%
Portugaliya 5,94%
Braziliya 5,37%
Norvegiya 4,68%
Niderlandiya 3,06%
Kolumbiya 2,80%
AQSH 2,67%
Belgiya 1,96%
Marokash 1,49%
Meksika 1,37%
Yaponiya 1,21%

Osiyo qit’asi jamoalarining imkoniyatlari:

Mundialning 1-turidan so‘ng OFK (Osiyo futbol konfederasiyasi) mintaqasidan ishtirok etayotgan jamoalar orasida eng yaxshi imkoniyat Yaponiyada qayd etilgan:

Yaponiya 1,21%
Janubiy Koreya 0,61%
Eron 0,16%
Qatar 0,05%
Saudiya Arabistoni 0,05%
Iroq 0,02%
O‘zbekiston 0,02%
Iordaniya 0,00%

Ma’lumot o‘rnida: 2026-yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Yangi formatdagi musobaqada ilk bor 48 ta terma jamoa bosh sovrin uchun kurash olib bormoqda. Kanada JCH—2026 musobaqasining 13 ta o‘yiniga, Meksika ham 13 ta uchrashuvga mezbonlik qiladi. Qolgan barcha asosiy o‘yinlar AQSH stadionlarida o‘tkaziladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:32, 18.06.2026.
O'qildi: 25508 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик