Qozog‘iston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Pavel Yevteev Sports.kz nashriga bergan intervyusida JCH-2026 guruh bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston — Kolumbiya (1:3) uchrashuvi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatiga chiqqanining o‘ziyoq katta yutuq va bu ko‘p narsadan dalolat beradi. Abbosbek Fayzullayev turnirda o‘zbekistonlik futbolchilarning ilk goliga mualliflik qildi — bu ham taraqqiyot belgisi. Afsuski, O‘zbekiston bu o‘yinda Kolumbiyaga qarshi bahsda ochko jamg‘ara olmadi. Umid qilamanki, qo‘shnilarimiz keyingi uchrashuvlarda o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatishadi. Biroq ular joy olgan guruh juda murakkab ekanini ham ta’kidlash kerak, — dedi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi turda O‘zbekiston terma jamoasi 23 iyun kuni Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Kolumbiya esa shu kuni Kongo terma jamoasi bilan kuch sinashadi.













