Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior «Arsenal»ga o‘tish arafasida turibdi. Bu haqda Sports.kz xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, London klubi braziliyalik futbolchi bilan aloqa o‘rnatib, shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. HandofArsenal nashrining yozishicha, «Arsenal» Vinisiusga juda yirik moliyaviy taklif bilan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius hozircha «Real» bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti. Avvalroq madridliklar futbolchiga so‘nggi taklifini bergani va uni boshqa yaxshilamasligini ma’lum qilgan edi.
Agar Vinisius ushbu taklifni qabul qilsa, yangi shartnoma imzolanadi. Aks holda, «Real» uni kelasi yil tekinga yo‘qotmaslik uchun joriy transfer oynasida sotish variantini ko‘rib chiqadi.













