Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

«PSJ» «Barselona» futbolchisini qo‘lga kiritishga qat’iy qaror qildi

«PSJ» «Barselona» futbolchisini qo‘lga kiritishga qat’iy qaror qildi

Baho:
+1 | -

«PSJ» anchadan beri «Barselona» hujumchisi Ferran Torresga qiziqish bildirib kelayotgani haqida xabar berilmoqda. Ispaniyaning Sport nashriga ko‘ra, Fransiya Liga 1 grandi shu yozda Torresni o‘z safiga qo‘shib olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.

Fransiya chempionlari Torresga 5 yillik shartnoma taklif qilishdi va «Barselona»ning shartnomani uzaytirish bo‘yicha har qanday taklifidan ko‘proq pul to‘lashga tayyor. Shu bilan birga, yakuniy qarorni Ferranning o‘zi qabul qilishi kerakligi ta’kidlanmoqda.

Ferran Torresning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Avvalroq matbuotda Kataloniya klubi 26 yoshli futbolchiga sentyabr oyida yangi bitim taklif qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 14:21, 01.08.2026.
O'qildi: 1204 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик