Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi bo‘lishga nomzod xorijlik murabbiylar ro‘yxati ma’lum

O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi bo‘lishga nomzod xorijlik murabbiylar ro‘yxati ma’lum

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mamlakat olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishga nomzodlar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Tashkilot birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning Tribuna.uz`ga ma’lum qilishicha, ushbu lavozim uchun faqat xorijlik murabbiy varianti ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, italiyalik Massimo Fichchadenti, ispaniyalik Xuan Sanches Makeda, xorvatiyalik Nenad Grachan va serbiyalik Lyubinko Drulovich nomzodlar qisqa ro‘yxatidan joy olgan.

Ayni paytda muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan bo‘lib, ro‘yxatdagilar orasidan xorvatiyalik 56 yoshli mutaxassis Nenad Grachan favorit nomzod bo‘lib turibdi. Bunda uning boshqa da’vogarlarga qaraganda yoshlar bilan ishlash borasida ko‘proq tajribaga egaligi muhim rol o‘ynamoqda. Jumladan, u 2013 yildan buyon Xorvatiya U-21 terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelyapti.

Grachan futbolchi sifatida Xorvatiya va Ispaniya klublarida 300 ga yaqin o‘yinlarda maydonga tushgan. 1984 yilda Yugoslaviya olimpiya terma jamoasi bilan Los Anjeles Olimpiadasida bronza medaliga ega chiqqan. Murabbiylik faoliyatini 1995 yilda boshlab, Xorvatiya va Sloveniya klublarini boshqargan, 2013 yil oktyabridan to hozirga qadar, yuqorida ta’kidlanganidek, Xorvatiya yoshlar terma jamoasiga ustozlik qilib kelmoqda. Uning murabbiyligida xorvatlar 15 yil ichida ilk marta 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionati final bosqichiga yo‘l olishdi, bu yo‘lda 10 ta o‘yinning 8 tasida g‘alaba qozonib, 6 jamoa ichidan birinchi o‘rinni egallashdi. Jamoa bunga qadar 7 marta Yevro-U-21 saralashidan o‘ta olmay kelgan edi. Xorvatiya ishtirokidagi navbatdagi chempionat 2019 yil yozida Italiyada bo‘lib o‘tadi.

Yangi bosh murabbiy jamoani 2019 yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorlay boshlaydi. O‘tgan hafta kvalifikasion raundga qur’a tashlangan, unga ko‘ra O‘zbekiston OTJ Hindiston, Tojikiston va Pokiston olimpiyachilari bilan birga «F» guruhidan o‘rin olgandi. Saralashdan o‘tgan jamoalar 2020 yil 8-26 yanvar oralig‘ida Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Tailanddagi Osiyo chempionatida 16 ta jamoa ishtirok etadi, 1-3 o‘rinni qo‘lga kiritgan termalar Tokio-2020 olimpiadasida qatnashish imkoniga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi har 2 yilda bir marta o‘tkaziladi, ikki musobaqaning biri Olimpiada yo‘llanmasi sohiblariga oydinlik kiritadi. O‘zbekiston olimpiya termasi turnirning amaldagi chempioni sanaladi. Shu yil boshida Ravshan Haydarov murabbiyligidagi jamoa Xitoyda o‘tgan chempionatda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi hozirga qadar Olimpiada final bosqichida ishtirok etmagan.

Manba: Tribuna
Kiritildi: 07:36, 16.11.2018.
O'qildi: 9649 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.