Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 00:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl

Andres Inyesta bosh murabbiy sifatidagi ilk o‘yinini o‘tkazadi

Andres Inyesta bosh murabbiy sifatidagi ilk o‘yinini o‘tkazadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andres Inyesta «Galf Yunayted» bosh murabbiyi sifatidagi ilk rasmiy o‘yinini o‘tkazadi.

Uning jamoasi BAA Birinchi divizioni doirasida «Dibba Al-Fujayra»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 28 avgust, juma kuni bo‘lib o‘tadi.

Inyesta 2024 yilda, «Emireyts» klubi safida to‘p surayotgan paytida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. Shundan so‘ng ispaniyalik mutaxassis UEFA A murabbiylik lisenziyasini oldi va iyun oyida Dubayning «Galf Yunayted» klubini qabul qilib oldi. Ayni paytda u UEFA Pro lisenziyasini olish uchun tahsilni davom ettirmoqda.

«Galf Yunayted» 2025/26 yilgi mavsumda BAA futbol tizimidagi ikkinchi darajali musobaqa hisoblangan Birinchi divizionda 10-o‘rinni egallagan.

2019 yilda tashkil etilgan klub shu vaqtga qadar ikki marta yuqori divizionga ko‘tarilgan. «Galf Yunayted» tarkibi diviziondagi eng yosh jamoalardan biri bo‘lib, bu Inyestaning futbolchilarni individual rivojlantirishga asoslangan murabbiylik falsafasiga mos keladi.

Kiritildi: 18:31, 28.08.2026.
O'qildi: 1057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик