Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Lopetegiga 36 million yoxud «Real» iste’folarga qancha sarflamoqda?

Lopetegiga 36 million yoxud «Real» iste’folarga qancha sarflamoqda?

Baho:
+ | -

Ha, «Real» Xulen Lopetegini iste’foga chiqargani ortidan naq 36 million yevro yo‘qotishi mumkin. Shunday taqdirda klub tomonidan Florentino Peres davrida haydalgan murabbiylarga to‘langan kompensasiya miqdori 61 millionga yetadi...

SHARTNOMANING NOZIK TOMONLARI

Ko‘p narsa «Barselona»ga qarshi o‘yin (1:5)dan so‘ng salbiy natijalar sabab, iste’foga chiqarilgan Xulen Lopetegining shaxsiy yondashuviga bog‘liq. Mundo Deportivo nashrida yozilishicha, shartnoma barvaqt bekor qilingani ortidan «Qirollik klubi» va shaxsan uning prezidenti Florentino Peres hech qanday talofat ko‘rmasligi ham mumkin.

Ammo baskoniyalik mutaxassis agar hujjat bo‘yicha o‘z haq-huquqini to‘la talab qilsa, unda «Real» moddiy tomondan kattagina yo‘qotishga duch keladi. Aniqroq aytsak, 3 yillik shartnoma (kelishuv 2021 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangandi)ga ko‘ra, «Madrid»ning bankdagi hisob raqamidan 36 million yevro (klub uchun rekord darajadagi kompensasiya) yechib olinadi.

Ya’ni murabbiy har bir yil uchun 12 milliondan talab qilishga haqli. Biroq turli manbalarda Lopetegi va «Real» o‘rtasidagi bitim shartlari va o‘zaro munosabat haqida berilayotgan ma’lumotlar bir-biridan keskin farqlanmoqda.

Misol uchun, El Confidencial nashri xulosasiga tayanib aytsak, sobiq bosh murabbiy bir sent haqini ham qoldirmaydi va belgilangan maoshi - 36 million yevroni to‘liq holda olishni istaydi. To‘g‘ri, soliq to‘lovlari amalga oshirilgach, Lopetegi qo‘liga sof 18 million tegadi. Chunonchi, uning klubdan ketishiga «shartnomani bekor qilish» emas, «iste’fo» sabab bo‘lgan.

Ispaniyaning Onda Cero radiostansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra esa, bask mutaxassisi va Madrid klubi o‘rtasida tuzilgan shartnomada alohida bir band bor. Unda agar murabbiy Rojdestvaga qadar iste’foga chiqarilsa, faqat 1 yil uchun haq olishi yozilgan.

Shu rost bo‘lsa, jamoa 12 million yevro ajratadi va soliq to‘lovlaridan keyin Xulenga chamasi 6 «limon» tegadi. Yana bir radiostansiya - Cadena Ser umuman boshqacha xabar tarqatdi: «Real» Lopetegiga faqat birinchi yarim yillik uchun maosh to‘laydi, chunki u yanvargacha ham ishlagani yo‘q». Bunday taqdirda Florentino Peres atigi 6 million yevro berish bilan qutuladi, shundan yarmi baskoniyalik murabbiy qo‘liga yetadi, xolos.

ISTE’FOLAR UCHUN 61 MILLION YEVRO

Agar «Real» uchun eng yomon variant yuzaga kelsa, Florentino Peres davrida ishdan haydalgan murabbiylarni rozi qilish uchun ketgan summa 61 million yevroga yetadi.

«Madrid»ning ustamon prezidenti o‘z vakolati davomida muddatdan oldin javob bergan 7 nafar murabbiyga haq to‘lagan. Tabiiyki, ular «Qirollik klubi» bilan majburan xayrlashishgani uchun turli miqdorda kompensasiya olishgan.

Florentino Peres davrida iste’foga chiqarilgan va kompensasiya mablag‘i olgan murabbiylar

Murabbiy

Ish muddati

Kompensasiya miqdori

(soliq to‘lovidan oldin)

Karlush Keyrush

333 kun (25.06.2003 - 24.05.2004)

1 350 000 yevro

Mariano Garsiya Remon

101 kun (20.09.2004 - 30.12.2004)

227 500 yevro

Vanderley Lushemburgu

340 kun (30.12.2004 - 05.12.2005)

1 756 000 yevro

Manuel Pellegrini

358 kun (02.06.2009 - 26.05.2010)

4 200 000 yevro

Karlo Anchelotti

698 kun (26.06.2013 - 25.05.2015)

7 400 000 yevro

Rafael Benites

215 kun (03.06.2015 - 04.01.2016)

10 000 000 yevro

Xulen Lopetegi

139 kun (12.06.2018 -  29.10.2018)

36 000 000 yevro (agar klub

3 yillik shartnoma uchun

to‘liq haq to‘lasa)

 

 

Murabbiy

Ish muddati

Kompensasiya miqdori (soliq to‘lovidan oldin)

Karlush Keyrush

333 kun (25.06.2003 - 24.05.2004)

1 350 000 yevro

Mariano Garsiya Remon

101 kun (20.09.2004 - 30.12.2004)

227 500 yevro

Vanderley Lushemburgu

340 kun (30.12.2004 - 05.12.2005)

1 756 000 yevro

Manuel Pellegrini

358 kun (02.06.2009 - 26.05.2010)

4 200 000 yevro

Karlo Anchelotti

698 kun (26.06.2013 - 25.05.2015)

7 400 000 yevro

Rafael Benites

215 kun (03.06.2015 - 04.01.2016)

10 000 000 yevro

Xulen Lopetegi

139 kun (12.06.2018 -  29.10.2018)

36 000 000 yevro

(agar klub 3 yillik shartnoma uchun to‘liq haq to‘lasa)

O‘RTAGA

«Og‘riq»siz xayrlashuvlar. Aslida Peres davrida yana bir qator mutaxassislar «Madrid» bilan xayrlashishgan, ammo ularning ketishlari moddiy tomondan zarar keltirmagan. Gap quyidagi murabbiylar haqida bormoqda:

- Visente Del Boske - klub shartnoma muddatini uzaytirishni istamagan

- Xuan Ramon Lopes Karo - klub shartnoma muddatini uzaytirishni istamagan

- Xose Antonio Kamacho - o‘z ixitiyori bilan iste’foga chiqqan

- Zayniddin Zidan - o‘z ixitiyori bilan iste’foga chiqqan

- Joze Mourinyo - shartnoma ikki tomonlama kelishuv asosida bekor qilingan

Abdulloxon ISROILXONOV tayyorladi

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:11, 16.11.2018.
O'qildi: 8194 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.