Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Yulduzlar jangi: Kavani Neymarga qo‘pollik qildi, Neymardan jangga ishora (video)

Yulduzlar jangi: Kavani Neymarga qo‘pollik qildi, Neymardan jangga ishora (video)

Baho:
+1 | -

Braziliya va Urugvay terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida «PSJ»ning urugvaylik hujumchisi Edinson Kavani va braziliyalik hujumchisi Neymar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.

Braziliyaliklar uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi, o‘yin oxirida vaziyatlardan birida Kavani Neymarga qo‘pollik ishlatib, uni gazonga yiqitdi va sariq kartochka bilan jazolandi.

VIDEONI TELEGRAMDA KO‘RISH UCHUN BU YERGA BOSING

VIDEONI INSTAGRAM'DA KO‘RISH UCHUN BU YERGA BOSING

Shundan keyin u Neymarning qo‘lidan tortib turg‘azib qo‘ymoqchi bo‘lganida, braziliyalik futbolchi ochiqchasiga norozilik bildirdi.

O‘yindan keyin Kavani ushbu hodisaga munosabat bildirib o‘tgan.

«Hamisha kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlar o‘tkazish foydali bo‘ladi. Braziliyaga qarshi o‘ynash ajoyib. Ayniqsa Neymarga qarshi. Biz hech qaysi o‘yinda yutqazishni istamaymiz. O‘rtoqlik o‘yinlarida ham. Ayrim futbolchilar natijadan qattiq xafa bo‘lishdi. Maydonda jang ketdi, ammo final hushtagi chalinganidan keyin barcha tinchlanib oldi», — deya Kavanining so‘zlarini keltirgan L’Equipe.

Qayd etish kerakki, Neymar Parijga kelganidan keyin jamoaning asosiy hujumchisi maqomini Edinson Kavanidan tortib olgandi. O‘tgan mavsumda ikki hujumchi penaltini kim tepishi masalasida jiddiy tortishib qolishgandi. Hozirgacha futbolchilarning munosabatida sovuqlik saqlanib qolmoqda.

Xuddi shu vaqtda «Napoli» Kavaniga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub prezidenti Aurelio de Laurentis urugvayli hujumchini Italiyaga qaytarishga jiddiy kirishgan.

Ayni vaqtda 31 yoshda bo‘lgan Kavani «Napoli» safida 2010 yildan 2013 yilga qadar to‘p surgan, u jamoa bilan Italiya Kubogi sohibi bo‘lgan.

OAV xabariga ko‘ra, Kavani ham Neapolga qaytishni istamoqda. U buning uchun maoshi kamayishiga ham rozi.

Fransiya chempionatining joriy mavsumida Kavani 12 uchrashuvda 9 gol urishga erishdi.

Manba: Tribuna
Kiritildi: 14:56, 18.11.2018.
O'qildi: 12700 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.