Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Sardor Mirzayev: “Bugungi o‘yin yoshlarimiz uchun juda foydali bo‘ldi”

Sardor Mirzayev: “Bugungi o‘yin yoshlarimiz uchun juda foydali bo‘ldi”

Baho:
+ | -

Bugun “Lokomotiv” AGMK jamoasiga qarshi sinov-nazorat uchrashuvida qatnashdi. 2:2 hisobida yakunlangan jangovor durangdan keyin “temiryo‘lchilar” yarim himoyachisi Sardor Mirzayev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Qiyin o‘yin bo‘ldi. “Buxoro”ga qarshi o‘yindan keyin bir necha kun dam olganimiz ham bilindi. Birinchi bo‘limda o‘zimiz istagan o‘yinni ko‘rsata olmadik. AGMK jamoasi ham chiroyli o‘ynadi, yaxshi qarshilik ko‘rsatdi. Bu bahs orqali “Paxtakor”ga qarshi o‘yin uchun tayyorlanyapmiz. Shu boisdan natija unchalik muhim emasdi. Bundan asosiy maqsad – o‘yin amaliyotimizni ushlab turish edi. Ikkinchi bo‘limda gol urib mag‘lubiyatdan qutulib qoldik.

Albatta, termaga ketganlarning o‘rni bilinadi. Biroq qaysidir o‘yinlarda ularsiz o‘ynashimiz ham kerak. Bugungi o‘yin esa yoshlar tarkibidagi futbolchilar uchun foydali bo‘ldi. Ular yaxshi o‘yin ko‘rsata olishdi va muhim o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishdi", — dedi futbolchi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 18:28, 19.11.2018.
O'qildi: 4295 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик