Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Germaniya antirekord arafasida

Germaniya antirekord arafasida

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi Millatlar ligasini g‘alabasiz tarzda yakunladi.

Jamoa so‘nggi turda Niderlandiyani qabul qilib, 2:0 hisobidagi g‘alabani boy berdi; o‘yin so‘nggida ikkita gol o‘tkazib yuborib, ikkinchi durangini qayd etdi.

Bundestim ketma-ket 5ta rasmiy uchrashuvdan buyon g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Bunday holat terma jamoa tarixida keyingi 40 yil davomida ilk marta kuzatilyapti. 1978-79 yillarda nemislar 6ta rasmiy bahsdan iborat g‘alabasiz seriya qayd etgan.

Yoaxim Lyov jamoasi oxirgi marta JCH-2018 guruh bosqichida Shvesiya ustidan g‘alaba qozongandi. Shu bilan birga, kechagi o‘yinning 9-daqiqasida hisobni ochgan Timo Verner Germaniya termasining 8 o‘yinga cho‘zilgan golsiz seriyasiga barham berdi.

Germaniyaliklar jami 751 daqiqa davomida raqib darvozasini ishg‘ol eta olmay kelayotgandi.

Yana bir statistik ma’lumotga ko‘ra, «Bavariya» hujumchisi Tomas Myuller Niderlandiyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushib, terma jamoadagi o‘yinlari sonini 100taga yetkazdi. 29 yoshli futbolchi 67-daqiqada Serja Gnabrining o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. U 100ta bahsda 38ta gol urib, 36ta golga assistentlik qilgan.

Endilikda Bundestim safida yuzlik dovonni zabt etgan futbolchilar soni 15taga yetdi. Gvardiyachilar ro‘yxatini 150ta uchrashuvda qatnashgan Lotar Matteus boshqarib bormoqda. Kuchli uchlikda Miroslav Kloze (137) va Lukas Podolski ham bor.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 10:13, 20.11.2018.
O'qildi: 3188 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.