Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

O‘rtoqlik o‘yini. Janubiy Koreya bizga «master-klass» o‘tib berdi

O‘rtoqlik o‘yini. Janubiy Koreya bizga «master-klass» o‘tib berdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Koreyslar bugun Ektor Kuper shogirdlariga haqiqiy master-klass o‘tib berishdi.

Koreyaliklar har tomonlama tezlik, to‘p nazorati, aniqlik, vaziyatlardan foydalanish, pressing jihatdan bizdan ustun ekanliklarini namoyish qilishdi. Uchrashuvdagi hisob 9-daqiqada ochildi. Li Yong o‘ng qanotdan havolatib yetkazgan to‘pni Nam Te Xi yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p himoyachilarimiz orasidan o‘tib, olis burchakka borib tushdi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida Janubiy Koreya burchak to‘pidan so‘ng hisobdagi farqni oshirdi. Dastlab yaqin masofadan yo‘llangan kuchli zarbani Nesterov qaytargandi, ammo yon tomonga ketgan to‘pni Xvang Uy Jo kuchli zarba bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda ham ustunlik raqiblar tomonida bo‘ldi. Bahsning 69-daqiqasiga kelib tabloda yirik hisob qayd etila boshladi. Koreyaliklar o‘yinga kiritgan burchak to‘pini Shorahmedov bosh bilan qaytardi. Ammo zaxiradan tushgan Mun Seon Min 16 metrdan aniq zarba bilan darvoza burchagini ishg‘ol qildi.

O‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganida to‘rtinchi to‘p darvozamizdan o‘rin oldi. Raqibning ikki futbolchisi butun boshli mudofaa chizig‘imizni parokandalikka uchratdi hamda Suk Xyun Jun yaqin masofadan darvozani ishg‘ol etdi.

O‘yin davomida futbolchilarmiiz koreyslar darvozasi tomon bir nechta zarbalar yo‘llashdi, ammo ular oqibatida yaqqol golga tortadigan vaziyat yuzaga kelmadi.

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini.
O‘ZBEKISTON - JANUBIY KOREYA - 0:4 (0:2
Gollar: Nam Te Xi (8), Xvang Uy Jo (23), Mun Seon Min (70), Suk Xyun Jun (82)
O‘zbekiston: 1.Ignatiy Nesterov, 2.Akmal Shorahmedov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 5.Anzur Ismoilov (S), 13.Oleg Zoteev, 16.Otabek Shukurov, 15.Aziz Turg‘unboyev (Marat Bikmayev 46), 17.Doston Hamdamov (Husniddin G‘ofurov 75), 22.Javohir Siddiqov (Ikrom Aliboyev 64),  14.Eldor Shomurodov
Janubiy Koreya: 23.CHjo Xyon U, 19.Kim Yong Gvon (Kvon Kyung Von 64), 15. Jung Seung Xyun (Xong Chul 76), 2. Li Yong, 6.Park Ju Xo, 7.Xvang In Beom, 5.CHju Sejong, 10. Nam Te Xi (Mun Seon Min 50), 17.Li Chung Yong (Li Jun Xyun 76), 26. Na Sang Xo, 16. Xvang Uy Jo (Suk Xyun Jun 69)
Bosh hakam: Kris Bit (Avstraliya)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:55, 20.11.2018.
O'qildi: 17707 marta.
Fikrlar: 41 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик