Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

PFL Musobaqalarni boshqarish bo‘yicha markazlashgan elektron tizimni yo‘lga qo‘ymoqda

PFL Musobaqalarni boshqarish bo‘yicha markazlashgan elektron tizimni yo‘lga qo‘ymoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi kelasi yildan boshlab o‘zining Musobaqalarni boshqarish bo‘yicha markazlashgan elektron tizimini yo‘lga qo‘yadi. 

Ayni paytda yakuniy sinov jarayonidan o‘tkazilayotgan mazkur elektron tizim PFL bayrog‘i ostida tashkil etiladigan turli musobaqalar uchrashuvlarini o‘tkazish bo‘yicha va ularda ishtirok etadigan klublar uchun bir qator qulaylik hamda engilliklar yaratadi.

Jumladan, endi klublar mavsum boshida futbolchilarini chempionat uchrashuvlarida maydonga tushish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida avvalgidek turli-tuman qog‘ozlar va hujjatlar to‘ldirib o‘tirishi zarur bo‘lmaydi. Ya’ni, klublar kerakli hujjatlar formalarini elektron tizimga joylashtirishadi va PFL binosiga kelmasdanoq o‘z futbolchi va murabbiylarini “zayavka”dan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu orqali ilgari talab qilingan bir qator ortiqcha qog‘oz va hujjatlardan voz kechishga erishiladi.

Qolaversa, Musobaqalarni boshqarish bo‘yicha markazlashgan elektron tizimda futbolchilarning ma’lumotlar ombori yaratiladi. Bu esa har qanday futbolchining ma’lumotlari uning juda yosh paytidanoq PFLning elektron tizimiga kiritilishini ta’minlaydi. Yosh futbolchi ulg‘aygani sari uning ma’lumotlari, o‘ynagan jamoalari, musobaqalari, maydonga tushgan uchrashuvlari va gollari haqida batafsil ma’lumot to‘planib boradi. Bu orqali futbolchilarning yosh kichraytirish masalasiga chek qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Zero 6 yoshidan boshlab qachondir PFL Musobaqalarni boshqarish bo‘yicha markazlashgan elektron tizimiga ma’lumoti kiritilgan futbolchi keyinchalik aslo boshqa nom yoki yoshni ko‘rsata olmaydi.

Musobaqalarni boshqarish bo‘yicha markazlashgan elektron tizim, shuningdek, milliy chempionatlarimiz uchrashuvlari qaydnomalarini elektron shaklda yagona manbada saqlash vazifasini ham o‘tab beradi. Bunda futbolchilarning uchrashuvlar davomida oladigan sariq yoki qizil kartochkalari avtomatik ravishda hisoblab boriladi va mabodo qaysidir futbolchi keyingi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi lozim bo‘lsa, bu haqdagi ma’lumot elektron tizimda ro‘yxatdan o‘tgan uning klubi hamda o‘sha uchrashuv komissariga shu zaxotiyoq borib tushadi.

Musobaqalarni boshqarish bo‘yicha markazlashgan elektron tizim PFL tomonidan o‘tkaziladigan barcha musobaqalar sarhisobini yuritish, unda qatnashadigan barcha o‘yinchilar, murabbiylar, rasmiy shaxslar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar to‘plab borishda ancha qulayliklar va afzalliklarga ega.  

Kelasi mavsumdan klublar bosqichma-bosqich mazkur tizimda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tishadi. 

Manba: PFL
Kiritildi: 11:21, 21.11.2018.
O'qildi: 2038 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.