Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shamshod Sarikov: «Klub stadionida barcha talablar bajariladi»

Shamshod Sarikov: «Klub stadionida barcha talablar bajariladi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Farg‘ona vodiysida stadionlarni inspeksiyadan o‘tkazayotgan PFL komissiyasi “Qo‘qon-1912” stadionini tekshirgach, Namanganga tashrif buyurdi va “Navbahor” futbol klubi stadionini ispeksiyadan o‘tkazdi.

Ayni damda, “Navbahor” futbol klubi stadionida chim talabga javob bermaydigan darajada, shuningdek, tribunalarda ham kichik muammolar mavjud.

Avvalroq xabar berilganidek, O‘zPFL kelasi mavsumdan boshlab futbol klublariga jiddiy talablar qo‘ygan va klublar hozirdan kelasi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlashi va PFLni bundan xabardor qilib borishi shart. Bu masala “Navbahor” futbol klubiga ham yetkazildi va klub kelasi mavsum uchun tayyorgarlik boshlanganini bizga ma’lum qildi.

Namangan viloyati Futbol Assosiasiyasi birinchi Vise-prezideni Shamshod Sarikov bu haqda biz bilan suhbatda shuni ma’lum qildi:

“PFL talablari asosida stadionda ishni deyarli boshladik. Biz barcha talablar haqida xabardomiz va albatta buni bajarishga tayyormiz. Birinchi navbatda muammo – chim masalasini albatta hal qilamiz. Aytishim mumkinki, “Navbahor” klubi stadioni chimi barcha xalqaro standartlarga hamda OFK va FIFA standartlariga javob beradigan tarzda yangilanadi”, - deydi viloyat Futbol Assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti.

“Chim masalasi bo‘yicha kelishuvga erishdik va bu borada shartnoma tuziladi. Namanganga tashrif buyurgan mutaxassislar bilan maslahat qildik. Va’da berishim mumkinki, stadion kelasi mavsumga tayyorgarlikni katta masu’liyat bilan olib boradi. Drenaj, chim va boshqa jihozlar yangilanadi. Shuningdek, PFL mutaxassislari bilan stadiondagi SIP o‘rindiqlarni yangilash masalasida gaplashdik. Aytishim mumkin, klub stadionida barcha talablar bajariladi”, - dedi Sarikov.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:23, 22.11.2018.
O'qildi: 2345 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.