Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa 1-4 Komo
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya

«CAFA Women’s Championship 2018»: Bugun matbuot anjumani o‘tkazildi

«CAFA Women’s Championship 2018»: Bugun matbuot anjumani o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Toshkentdagi milliy stadionida Markaziy Osiyo Futbol Assosiasiyasi tomonidan ertaga start oladigan «CAFA Women’s Championship 2018» musobaqasida ishtirok etuvchi jamoalar murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

23 noyabr kuni start oladigan turnirda O‘zbekiston, Tojikiston, Afg‘oniston, Eron hamda Qirg‘iziston milliy ayollar terma jamoalari ishtirok etishadi. Matbuot anjumanida Afg‘oniston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ali Javad Atayi, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov, Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Sulaymon Bobokalonov hamda Qirg‘iziston murabbiyi Gulbara Umataliyeva ishtirok etishdi.

Ali Javad Ateyi: “Musobaqaga taklif qilishgani uchun raxmat. Musobaqaga barcha jamoalar optimistik kayfiyat bilan tashrif buyurishgan. Jamoamiz yosh, ammo, shunga qaramay eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz”.



Sulaymon Bobokalonov: “Avvalroq Tokio olimpiadasi uchun saralash bahslarida ishtirok etdik. Musobaqa oldidan bir necha futbolchilarimizda jarohatlar bor. Bungacha juda ko‘p turnirlarda ishtirok etdik va o‘ylaymanki, CAFA musobaqasi ham bizga ancha foyda bo‘ladi”.


Gulbara Umataliyeva: “Taklifingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Hozirda ko‘pchilik ayollar oilaviy sabablar tufayli futboldagi faoliyatini yakunlayotgani uchun, milliy terma jamoalar bundan aziyat chekayapti. Shuning uchun ham, terma jamoalarda asosan yosh futbolchilar o‘ynayapti. Bu musobaqalar esa, milliy terma jamoalarni kuchaytirish uchun yordam berishi mumkin. Asosiy tarkibdagi futbolchilar asosan yosh futbolchilar. Bunday musobaqalar esa katta tajriba olib kelishi mumkin. Yon qo‘shnilarimiz bilan bunday musobaqalarda ko‘proq ishtirok etishni va tajriba orttirish tarafdoriman”.


Bahrom Norsafarov: “O‘zbekistonga xush kelibsiz. Asosiy maqsadimiz – milliy terma jamoaga yoshlarni saralash. Musobaqaga bir qancha yosh futbolchilarni ham taklif etganmiz va bu ular uchun Osiyo chempionati saralashi uchun tayyorarlik vazifasini bajarishi lozim. Chempionat uchrashuvlari endi yakunlandi va futbolchilar biroz charchashgan. Ammo, shunga qaramay, ushbu musobaqada yaxshi ishtirok etishni maqsad qilganmiz”.
 
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 17:24, 22.11.2018.
O'qildi: 1954 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик