Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol - Port
14/10 15:00 Vissel Kobe - Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib - Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf - Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda

Prevyu. «Buxoro» - «Navbahor»

Prevyu. «Buxoro» - «Navbahor»

Baho:
+ | -

25 noyabr kuni Pepsi Superliga 31-turi doirasida Buxoroning “Buxoro”  klubi o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qiladi.

Mazkur klublar Superliga (oliy liga) o‘yinlarida 53 marta bir-birlariga qarshi maydonga tushishgan. Ushbu 53 bahsdan 29tasida jamoamiz g‘olib chiqqan bo‘lsa, 16ta uchrashuvda buxoroliklar g‘alaba qozonishgan, 8ta o‘yinda esa tomonlar durangga imzo chekishgan.

“Navbahor” shu kunga qadar o‘zaro o‘yinlarda 98ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 60 marta to‘p olib chiqqan. Mazkur jamoalarning o‘zaro bahslarida namanganliklar 95 ochkoni, “Buxoro” esa 56 ochkoni qo‘lga kiritgan.

O‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 2001 yili kuzatilgan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan o‘yinda “lochinlar” 6:1 hisobida g‘alaba qozonishgan. Buxoroliklar esa 2009 yilgi mavsumda jamoamizni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan.

Joriy mavsumdagi uchrashuvlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu yilgi barcha bahslarda jamoamiz zafar quchgan. Jumladan, birinchi bosqich doirasidan o‘rin olgan o‘yinlarda Buxoroda Mirzohid G‘ofurovning goli evaziga 1:0, Namangandagi bahsda esa Jahongir Mehmonov va Darko Nikachning gollari hisobiga 2:0, ikkinchi bosqich doirasidagi Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsda Azizbek Turg‘unboyev tomonidan kiritilgan to‘p evaziga 1:0 hisobida “lochinlar” g‘alaba qozonishgan.      

“Navbahor” Buxoroda o‘tkazilgan so‘nggi 5 uchrashuvda faqat 1 marta mag‘lubiyatga uchragan, xolos. 3ta bahsda “lochinlar” zafar quchishgan bo‘lsa, yana 1ta o‘yinda durang hisobi qayd etilgan.

Buxoroda bo‘lib  o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:

2014 yil  -  “Buxoro”- “Navbahor “ - 0:2

2015 yil  -  “Buxoro” – “Navbahor” - 0:1

2016 yil  -  “Buxoro” -  “Navbahor” - 3:2

2017 yil  -  “Buxoro” – “Navbahor” - 3:3

2018 yil  -  “Buxoro” -  “Navbahor” - 0:1

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: Buxoroda bo‘lib o‘tgan 26ta o‘yinning 12tasida mezbonlar, 9tasida mehmonlar g‘olib bo‘lishgan. 5ta uchrashuvda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan.

Bo‘lajak uchrashuvda ham sevimli jamoamizga omad yor bo‘lib, Buxorodan yana g‘alaba bilan qaytishiga tilakdoshmiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:50, 22.11.2018.
O'qildi: 2452 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик