Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Bahrom Haydarov: «Natija o‘yinga mos bo‘ldi»

Bahrom Haydarov: «Natija o‘yinga mos bo‘ldi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 31-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” va “Neftchi” o‘yini bo‘lib o‘tdi. “Neftchi” bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o‘yindan keyin o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

- Bugungi o‘yin bizni jamoamiz uchun oson kechmadi. Ma’lumki, “Qizilqum” jamoasi juda ham tajribali o‘yinchilarga ega. Shunga qaramasdan, “Neftchi” to‘pni yaxshi nazorat qildi. Jamoalar teng o‘ynadi. Natija ham o‘yinga mos ravishda durang bo‘ldi.

Mehmonda ochko olganimizdan biz juda ham mamnunmiz. Mavsum tugashiga bir tur qoldi. Biz oxirgi turda chiroyli o‘yin qo‘rsatib, muhlislar oldida o‘zimizni oqlashga harakat qilamiz.

Turnir jadvalida qanaqa holat bo‘lishidan qat’iy nazar, bu futbol. Jamoamizda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Ular professional. Jamoa keyingi mavsumda Pro ligaga tushib ketishiga qaramasdan, futbolchilar bor kuchi bilan harakatlanishadi.

Buning uchun jamoa futbolchilariga o‘z minnatdorchiligimi bildiraman. O‘ylaymanki, ohirgi turni ham yuqori tempda o‘tkazib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. “Qizilqum” jamoasiga keyingi o‘yinda omad tilayman” - dedi “Neftchi” jamoasi bosh murrabiyi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 06:48, 24.11.2018.
O'qildi: 2391 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик