Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl

Isroil Madrimov: «Bu g‘alabam xalqimning, Prezidentimning yutug‘i» (video)

Isroil Madrimov: «Bu g‘alabam xalqimning, Prezidentimning yutug‘i» (video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Avvalroq, Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Isroil Madrimov professional ringdagi debyut jangini o‘tkazgani va unda meksikalik Vladimir Ernandesga qarshi ringga chiqib, 10 raundga mo‘ljallangan jangning oltinchi raundida ketma-ket zarbalari evaziga raqibini nokautga uchratgani haqida xabar bergan edik.

Isroil Madrimov jangdan so‘ng Instagram’dagi sahifasida o‘z fikrlarini videotasvir orqali yozib qoldirdi.

Videoni Instagram’da ko‘rish uchun bu yerga bosing!

“Assalomu alaykum, aziz Vatandoshlar mana professional boksdagi birinchi jangimni ham g‘alaba bilan boshladim. Bu g‘alabam xalqimni, Prezidentimni yutug‘i. Chunki sizlar meni har doim qo‘llab-quvvatlab turishdan charchamayapsizlar.

Shunga yarasha biz ham sizlarning ishonchingizni oqlagan holda yana shunday yorqin g‘alabalar bilan faoliyatni davom ettiramiz. Bu kabi imkoniyatlarni yaratib bergan O‘zbekiston boks federasiyasiga minnatdorlik bildiraman.

Bunday tajribalar bizga nasib qilsa, 2019 yil Osiyo chempionati, jahon chempionati va Olimpiada-2020 o‘yinlari lisenziyasi uchun albatta, yordam beradi.

Albatta, olimpiada o‘yinlarida ham mana shunday g‘alabalar bilan sizlarni xursand qilishga harakat qilaman. Olg‘a O‘zbekiston”, deya yozib qoldirgan Isroil Madrimov.

Ma’lumot o‘rnida, Isroil ushbu g‘alaba orqali debyut jangidayoq WBA Intercontinental kamariga ega chiqdi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 14:31, 25.11.2018.
O'qildi: 7291 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.