Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl

Murodjon Ahmadaliyev: «O‘zbekistonni butun dunyoga tanitaman». Dadajon sizni esa tug‘ilgan kun bilan tabriklayman» (video)

Murodjon Ahmadaliyev: «O‘zbekistonni butun dunyoga tanitaman». Dadajon sizni esa tug‘ilgan kun bilan tabriklayman» (video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonlik professional bokschi, Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi beshinchi jangida ringga ko‘tarilib, amerikalik Isaak Zarateni o‘n raundga mo‘ljallangan jangning to‘qqizinchi raundida nokautga uchratdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng hamyurtimiz ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida videomurojaat yo‘llab, dadasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi va g‘alabani kimga bag‘ishlaganini aytib o‘tdi.

Videoni Instagram’da ko‘rish uchun bu yerga bosing.

“Assalomu aleykum, hurmatli yurtdoshlar! Mana bugun chempionlik kamarimni himoya qildim. Hammalaringizga katta rahmat, qo‘llab-quvvatlab turganlarigiz uchun, duolarigiz uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Sizlarning duolaringiz, ishonchlaringiz menga judayam dalda va kuch bo‘ldi. Shunday shart-sharoitlar yaratib berganlari uchun O‘zbekiston boks federasiyasiga o‘z minnatdorligimni bildiraman.

Bunday sharoitdan unumli foydalanib, Osiyo, jahon olimpiada o‘yinlarida O‘zbekistonimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘taramiz. Chempionlik kamari faqat siz uchun. Bunday g‘alabalardan hali ko‘p bo‘ladi. Bayrog‘imizni balandlarga ko‘tarib, O‘ZBEKISTONimni butun dunyoga tanitaman.

Bugun dadamning tug‘ilgan kunlari. Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Umringiz uzoq bo‘lsin bizni baxtimizga sog‘-salomat bo‘ling dadajonim. G‘alabamni butun ona yurtim, ota-onam va Prezidentimga bag‘ishlayman. Hammaga yana bir marta katta rahmat!”, deya yozgan Ahmadaliyev.

Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev professional faoliyati davomida bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda besh marotaba ringga chiqqan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining to‘rttasini u nokaut evaziga o‘z foydasiga hal qilgan.

Amerikalik 27 yoshli Zarate esa 23 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alabaga erishgan. Uchta jangda durang qayd etilgan va yana to‘rtta bahsda mag‘lub bo‘lgan.

Manba: Stadion
Kiritildi: 14:58, 25.11.2018.
O'qildi: 4906 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.