Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA 0-3 Yaponiya
10/01 16:30 Livan 2-4 Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo 1-1 Betis
10/01 19:00 Eron 0-0 O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze 2-2 Piza
10/01 19:00 Komo 1-1 Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal 3-1 Alaves
10/01 21:30 Suriya 1-0 Qatar
10/01 22:00 Roma 2-0 Sassuolo
10/01 22:30 Jirona 1-0 Osasuna
11/01 00:45 Atalanta 2-0 Torino
11/01 01:00 Valensiya 1-1 Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio
12/01 00:45 Inter - Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari

Superliga. «Qo‘qon-1912» o‘z uyida «Sug‘diyona» bilan durang o‘ynadi

Superliga. «Qo‘qon-1912» o‘z uyida «Sug‘diyona» bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Superliganing 31-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Sug‘diyona” uchrashuvida hisob ochilmadi.

Ushbu uchrashuv “Qo‘qon-1912” jamoasi uchun muhim ahamiyat kasb etardi. Boisi mazkur o‘yindagi g‘alaba mezbonlarning Superligada qolish vazifasini deyarli hal etardi.

Bundan tashqari, bu bahs “Qo‘qon-1912”ning joriy mavsumdagi o‘z maydonida o‘tkazilgan oxirgi uchrashuvi ham edi. Buni yaxshi anglagan futbolchilarimiz o‘yin boshidan hujumkorlikka zo‘r berishdi. Mehmonlar esa qarshi hujumlar ancha xavfli hujumlarni tashkil etishdi.

8-daqiqada ketma-ket hujumlardan keyin Oybek Rustamovning zarbasi biroz noaniq bo‘ldi.15-daqiqada raqib darvozasi oldida golga tortadigan yaqqol imkoniyatga ega bo‘ldik. Suhrob Berdiyev jarima maydonchasida ancha faollik ko‘rsatdi.

Biroq to‘pni sherigiga aniq uzata olmadi. Natijada vaziyat qo‘ldan boy berildi. 22-daqiqada “So‘g‘diyona” futbolchilari xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi.

O‘tkir Yusupov o‘z o‘rnida. 34-daqiqada hisobni ochishga yaqin keldi. Jarima maydonchasiga oshirilgan to‘pni Marko Milich boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Zarbaga birozgina aniqlik yetishmadi.

38-daqiqada Javohir Sidiqov raqibidan ildamroq harakat qilib, to‘pni sherigiga uzatdi. Berdiyev to‘pga yeta olmadi. Taym so‘nggida maydon egalari bosimni kuchaytirishdi. Tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limni ham futbolchilarimiz shiddatli hujumlar ostida boshlashdi. 55-daqiqada vakillarimizda hisobni ochish uchun yaxshigina imkoniyat vujudga kelgandi. Biroq Suhrob Berdiyevning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

61-daqiqada mehmonlarni darvoza to‘sini goldan saqlab qoldi. Jarima to‘pidan keyin Iqbol Malikjonovning zarbasi darvoza to‘siniga tegdi. Shundan keyin vakillarimiz katta kuch bilan hujumga zo‘r berishdi.

Lekin ulardan foydalana olmadik. Shu tariqa, o‘z maydonimizdagi so‘nggi uchrashuvda nursiz durang qayd etdik. Ochkolarimiz soni esa 25 taga yetdi.

Superliga, 31-tur

“Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” – 0:0

Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, To‘rabek Suyunov.

Nazoratchi: Dmitriy Roman.

Komissar: Ma’mur Saidqosimov.

“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov (70. Jasur Hakimov-58), 10. Javohir Sidiqov, 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev (9. Nosir Otaqo‘ziyev – 82), 19. Suhrob Berdiyev (78. Bexruz Sadilloyev -73), 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 79. Iqbol Malikjonov.

Zaxira: 71. Sarvar Karimov, 4. Bahodir Akramov, 38. Doston Meliqo‘ziyev, 96. Muhammadanas Hasanov.

“So‘g‘diyona”: 88. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 4. Elyor Orifov, 10. Shoxruz Norxonov (80. Sernas Darvivas – 80), 14. Siroj Meliyev, 33. Tohir Shamsiddinov, 70. Sanjar Rashidov (39. Oybek Nurmatov – 76), 90. Milash Simonovich, 91. Nikola Milinkovich, 93. Ixtiyor Toshpo‘latov, 94. Nuriddin Hasanov (9. Sardor Azimov – 86).

Zaxira: 1. Shirinboy Abdullayev, 27. Sahob Rashidov, 55. Shohjahon Hasanov, 77. Izatilla Abdullayev, 99. Nurullo To‘xtasinov.

Manba: Stadion
Kiritildi: 17:01, 25.11.2018.
O'qildi: 2146 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.