Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Qoraqalpog‘istonda xalqaro forum doirasida koreyalik yosh futbolchilar bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi

Qoraqalpog‘istonda xalqaro forum doirasida koreyalik yosh futbolchilar bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Ertaga 27 noyabr kuni Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida  "Orolbo‘yi hududlarida ekologik muhitni yaxshilash masalalari va bu jarayonda koreys diasporasining roli" mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tadi. Ushbu forumda BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun boshchiligidagi Janubiy Koreya delegasiyasi vakillari qatnashishadi. 

Forum doirasida Janubiy Koreyaning "Chung-Ang university high school" futbol jamoasi qoraqalpog‘istonlik talabalarga qarshi futbol uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Ushbu o‘rtoqlik o‘yini soat 14:00da boshlanadi. Ungacha esa stadionga yig‘ilganlar uchun konsert dasturi namoyish etiladi. Ayni paytda Nukusdagi stadionda tayyorgarlik ishlari avjida. 

29 noyabr kuni "Chung-Ang university high school" Toshkentda 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. 

Mazkur futbol uchrashuvlari yurtimizda futbolni yanada ommaviylashtirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil qilinmoqda. 
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:07, 26.11.2018.
O'qildi: 2070 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.