Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Andrey Fyodorov: «Yaxshi o‘zgartirishlar bois o‘yinni o‘zgartira oldik»

Andrey Fyodorov: «Yaxshi o‘zgartirishlar bois o‘yinni o‘zgartira oldik»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Albatta, hozir hissiyotlarga boyman. O‘yin asabiyligi bilan ajralib turdi. "Paxtakor"ga qarshi o‘yin qanchalik ahamiyatli ekanligini "Lokomotiv" futbolchilari yaxshigina tushunib turishgandi.

O‘yinga tushadigan futbolchilar bilan ruhiy tomondan tayyorlanish asosida ular bahs davomida o‘z hissiyotlarini jilovlay olishlarini nazorat qilishlari lozim edi. Nima uchun bunday? Chunki hamma futbol o‘ynashni biladi.

"Paxtakor" yaxshi o‘yin ko‘rsata olishini butun bir mavsum davomida ko‘rsata olishdi. Ikkinchi bo‘limning boshi gol o‘tkazib yuborganimiz uchun biroz asabiyroq o‘tdi.

Biroq yaxshi o‘zgarishlar bilan o‘yinning borishini o‘zgartira oldik. Eng asosiysi bizga g‘alaba kerak edi. O‘z maydonimizda, o‘z muxlislarimizni oldida haqli g‘alabaga erishishni istagandik. Nafaqat bugungi o‘yin, balki butun bir mavsum uchun yigitlarga rahmat aytaman.

Fikrimcha, "Lokomotiv" men bosh murabbiy bo‘lganimdan keyin ham o‘z uslubini o‘zgartirmadi. O‘zgarishlar asosan ruhiy tomonlama bo‘ldi va mening qo‘llab-quvvatlashlarimni yigitlar ajoyib tarzda qabul qilishdi, shu orqali buning mevasini tatib ko‘rishdi.

Biz hali mavsumni yakunlamadik. Oldinda yana bir tur bor. Shundan keyin shartnoma borasida rahbariyat bilan gaplashib olamiz.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 21:58, 26.11.2018.
O'qildi: 2961 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик