Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

«Andijon» BO‘FM rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi

«Andijon» BO‘FM rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«Andijon» professional futbol klubi tasarrufidagi «Viloyat bolalar va o‘smirlar futbol maktabi»da bugun navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Andijon viloyati hokimligining futbolga biriktirilgan vakili Shavkatbek Nishonov olib bordi. Shuningdek mazkur yig‘ilishda «Andijon» FK bosh direktori Ma’rufjon Abdisalomov, klub texnik-direktori Orif Mamatkazin hamda «Viloyat bolalar va o‘smirlar futbol maktabi»ning murabbiylari va yana bir qator ishchi xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad - «Andijon»  klubi qoshidagi futbol maktabining rahbari o‘zgarganini rasman keng ommaga e’lon qilish edi. Bungacha ushbu maskanga direktorlik qilib kelgan Bekzodbek Karimov o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ketdi. Endilikda esa «Viloyat bolalar va o‘smirlar futbol maktabiga» Farruh Mirzayev rahbarlik qiladigan bo‘ldi. Ma’lumot uchun, Farruh Ziyoitdinovich 1990 yil Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. Andijon davlat universitetining jismoniy tarbiya fakultetini tamomlagan. 2007-2017 yillar davomida oliy va birinchi liga jamoalarida futbolchi sifatida faoliyat yuritgan. Bungacha Andijon viloyat futbol federasiyasida bolalar futbolini rivojlantirish bo‘limida mutaxassis sifatida ishlab kelayotgandi.

Bugundan rasman Farruh Mirzayev «Viloyat bolalar va o‘smirlar futbol maktabi»ning rahbari sifatida faoliyatini boshladi.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:45, 27.11.2018.
O'qildi: 2140 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик