Germaniyaning “Bavariya” klubi sobiq bosh murabbiyi Yupp Xaynkes myunxenliklar jamoasida yuzaga kelgan vaziyatga izoh berdi.
“Kovach yosh murabbiy, u kelishi bilan dunyoni o‘zgartirib yubormoqchi bo‘ldi. Hozirda u o‘zini “Bavariya”da ishonchsiz his qilmoqda. Jamoada yaxshi yigitlar bilan bir qatorda devlar ham bor.
Shuningdek, asosiy futbolchilarning jiddiy jarohatlari “Bavariya”ni izdan chiqarmoqda. Bu ham muammo sanaladi”, — deydi Xaynkes.
Eslatib o‘tamiz, 12-turdan so‘ng “Bavariya” 21 ochko bilan Bundesligada oltinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam “Borussiya D”dan 9 ochkoga ortda qolmoqda.