Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Pul, cho‘l, sanksiya…JCH-2022 aynan shu yerda o‘tkaziladi

Pul, cho‘l, sanksiya…JCH-2022 aynan shu yerda o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Ayni payt Qatar mamlakati o‘ziga xos tarzda kun kechirmoqda. E’tiboringizga bir nechta qiziqarli faktlarni keltirib o‘tamiz:

• Mutlaq monarxiya boshqaruviga cheklov qo‘yilmagan. Shu tufayli zamonaviy odamlar uchun biroz yovvoyi tuyuladigan o‘rta asrlardagi qonunchilik saqlanib qolgan.

• Qatar neft (dunyoda 16-o‘rin) va tabiiy gaz (2-o‘rin) eksport qiladi. Bu mamlakat umumiy daromadining qariyb 70 foizini tashkil etadi. Shu o‘rinda Qatar sayyoramizdagi eng badavlat mamlakatlardan biri sanaladi.

• Bu yerda bir litr benzin narxi taxminan 0,5 AQSH dollariga teng. Asosiy transport - yo‘ltanlamaslar. Deyarli hech kim piyoda yurmaydi, havo esa odatiy issiq. Yiliga bir necha marta yomg‘ir yog‘adi, xolos.

• Qatardagi jahon chempionati Yaqin Sharq davlati mezbonligida o‘tadigan dastlabki mundial sifatida tarixga kiradi. Futbol orqali mamlakat rivojiga hissa qo‘shish rejalashtirilgan: ayni payt Qatar to‘liq qayta qurilmoqda, yangi infratuzilma uchun 200 milliard dollar ajratilgan.

• Mahalliy aholi soni mamlakatda yashovchilarning kichik qismini tashkil etadi. Qatarda xorijlik ishchilar juda ko‘p, inglizchada esa deyarli barcha gaplashadi. Bu borada chet ellik ishqibozlarga Rossiyada o‘tgan mundialdagidan ham qulayroq bo‘ladi.

Xavi - futbol yuzi

Ayni payt Qatar Premyer-ligasida bor-yo‘g‘i 12ta klub qatnashadi. «Al-Duhayl» yetakchilik qilmoqda, ammo eng mashhur jamoa «Al-Sadd» hisoblanadi. 2015 yildan buyon ispaniyalik Xavi aynan shu chempionatda to‘p surmoqda. U o‘zi uchun yangi bo‘lgan mamlakatga juda yaxshi moslashib olgan. Mahoratli yarim himoyachi Qatarda 76ta o‘yin o‘tkazib, 21ta gol urdi va joriy yilning may oyida amaldagi shartnomasini 2020 yilgacha uzaytirdi. Xavini JCH-2022ning birinchi xalqaro elchisi qilib tayinlashdi, kelajakda esa u «Al-Sadd» klubi va Qatar termasining bosh murabbiyi lavozimini egallashi ko‘zda tutilgan. Turli yillarda bu mamlakatda yulduz futbolchilar (Batistuta, Gvardiola, Raul) to‘p surishgan. Biroq Xavi o‘zini nisbatan yaxshiroq namoyon etmoqda. Uning katta yordami tegyapti, bir mavsumda 10 million yevro miqdorida maosh oladi.

Sarkozidan ko‘mak

Football Leaks surishtiruvlari shuni tasdiqlayaptiki, Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi jahon chempionati mezbonligi Qatarga berilishiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Barchasi umummanfaatli tarzda amalga oshgan. Sarkozi Qatar amiri Tamim al Tani bilan kelishib olgan: qatarliklar uning sevimli klubi «PSJ»ni sotib olib, Fransiyada beIN Sports sport kanali ochishlari lozim bo‘lgan. Buning evaziga Sarkozi jahon chempionati mezbonini aniqlash chog‘ida Qatar ko‘proq ovoz to‘plashini ta’minlash bo‘yicha Platiniga topshiriq bergan. Fransiya prezidenti Platiniga bu borada bosim o‘tkazganini Zepp Blatter ham tasdiqlagan. «PSJ» ushbu ma’lumotlarni inkor etdi, ammo mashhur faktlar kishini o‘ylantiradi. 2010 yilning dekabrida Qatar mundialni o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi, 2011 yilning mayida esa Qatar Sports Investments fondi «PSJ»ning 70 foiz aksiyalarini sotib oldi. Al Jazeera Media Network tizimining bir qismi hisoblangan BeIN Sports kanali ham aynan o‘shanda tashkil etildi.

Sanksiyalar

Iyunda barcha Rossiyadagi JCH-2018 boshlanishi kutgan bo‘lsa, Qatar sanksiyalar girdobiga tushib qolganining bir yilligini «nishonlayotgandi». Qo‘shni Saudiya Arabistoni, Misr, BAA va Bahrayn Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzib, ushbu mamlakatni terrorizmga aloqadorlikda ayblashdi. Barchasiga 2017 yili qirollik oilasining o‘g‘irlab ketilgan a’zolarini qaytarish maqsadida terroristik guruhga milliardlab garov puli to‘langani sabab bo‘lgan. Mazkur voqea Eronning ko‘magisiz o‘tmadi. Eng qizig‘i, Qatarning o‘zi ancha xavfsiz, o‘n yildan oshiqroq vaqt mobaynida bu yerda teraktlar kuzatilmadi.

Terma jamoadagi qiyinchiliklar

Siyosat nafaqat Qatar jamoalariga muammolarni keltiryapti (BAA va Saudiya Arabistoni klublari ular bilan o‘ynashni istishmayapti), balki xalqaro futbolga ham xalal bermoqda. Masalan, Qatar termasining Saudiya Arabistonida yoritilayotgan paytda ularni terrorizmda ayblashadi. Buning uchun saudiyaliklarga ogohlantirish ham berilib, hattoki, ularning JCH-2018dagi ishtirokdan mahrum etish bo‘yicha tahdid ham qilishdi, biroq hammasi o‘tdi. Qo‘shnilar Qatar termasini yoqtirishmaydi, lekin bu jamoani Amerika kubogi-2019ga mehmon sifatida chaqirishdi. 2016 yilning noyabrida rossiyaliklar o‘rtoqlik uchrashuvida Qatar milliy jamoasiga yutqazishdi, JCH-2022da esa bu terma tarkibida ko‘plab yoshlar to‘p surishadi. Jamoa o‘zagini yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati-2016da (Qatar yarim finalgacha yetib borgandi) o‘ynagan futbolchilar hisobiga tuzish rejalashtirilgan. O‘z navbatida, bu yerda so‘nggi yillarda faol davom etayotgan jarayon - xorijlik o‘yinchilarni mahalliylashtirishdan ham butunlay voz kechish niyatlari yo‘q.

Qatar termasida asli kelib chiqishi Saudiya Arabistoni, Gana, BAA va boshqa mamlakatlardan bo‘lgan futbolchilar to‘p surishadi. Shuningdek, mazkur jamoada albatta, mashhur murabbiy ishlaydi. U Xavi yoki boshqa bir taniqli mutaxassis bo‘ladi. Misrlik ishbilarmon Nagib Saviris Qatar termasini Zidan bosh-qarishi mumkinligi haqida yozgandi.

Qurilishdagi  halokatlar

Qatar sport inshootlari qurilishi paytida ro‘y berayotgan fojialar soni bo‘yicha rekordlar qayd etmoqda. Jahon chempionati munosabati bilan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari payti haftasiga 12 kishi halok bo‘layotgani aytilgandi. Boshqa mamlakatlarda o‘tkazilgan yirik musobaqalar bilan solishtirganda, Qatardagi qurilish jarayonida kuzatilgan o‘lim holati ko‘pchilikni dahshatga soldi, ammo hammasi o‘zgarmoqda. Hozir mehnat shartlari yaxshilanmoqda, issiq ob-havoda ishlash vaqti qisqartirildi, ishchilar maoshi esa ancha oshgan. Qurilish ishlariga Hindiston, Nepal va Ummonning qashshoq fuqarolari jalb qilinmoqda.

Qulayliklar

Hozircha Qatar stadionlar soni bo‘yicha FIFA bilan kelishmoqda, lekin ularning soni sakkiztadan kam bo‘lmasligi aniq. JCHdan keyin arenalarning deyarli barchasida tomoshabinlar sig‘imi qisqartiriladi, bitta inshoot to‘liq o‘zgartiriladi. Kelgusida bu ob’ektlarning aksariyatidan boshqa sohalarda foydalanish ko‘zda tutilgan.

Qizig‘i, ikkita arena orasidagi maksimal masofa bor-yo‘g‘i 55 kilometrni tashkil etadi. Rossiyada o‘tgan mundialdan farqli jihati shundaki, Qatarda muxlislar bir kunda ikkita o‘yinni kuzatish imkoniga ega bo‘lishadi. Bu borada biror-bir cheklov o‘rnatish rejada yo‘q, tashkilotchilar esa muhim qarorlarni tayyorlashmoqda: stadionlarga olib borish uchun maxsus transportlar yo‘lga qo‘yiladi, metro stansiyalari quriladi, yangi yo‘llar barpo etiladi. Ayni payt Qatar jamoat transportlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani bilan maqtana olmaydi.

Qatar Qishi - rus yozi

Qatardagi jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Klublarning mavsumiy taqvimi majburan o‘zgartiriladi, ammo barchasi murakkab iqlim sharoiti bilan izohlanadi. Yoz faslida Qatarda havo harorati 50 darajagacha ko‘tariladi, qishda esa o‘rtacha 25 daraja issiq kuzatiladi. Qulaylik birinchi o‘ringa qo‘yiladi: jamoalarga o‘yin o‘tkazish uchun maksimal qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Shu tariqa suv ichish uchun ajratiladigan tanaffuslar, issiq urishi kabi holatlarning oldi olinadi. Qatar bu borada yozgi Rossiyaga o‘xshaydi.

JCH sabab yangi shahar

Boshqa mamlakatlarda mundialga mezbonlik qilish uchun bir nechta shaharlar da’vogarlik qilayotgan pallada, Qatarda butun boshli yangi shahar barpo etilmoqda. JCH-2022 finali hali qurib bitkazilmagan Lusail shahrida o‘tkaziladi. Lusail Doxadan 20 kilometr uzoqlikda joylashadi, loyiha bo‘yicha u yerda yangi stadion, savdo markazlari va 450 ming kishiga mo‘ljallangan uy-joylar quriladi. Qurilish ishlari 45 milliard dollar ajratiladi. Bundan tashqari, Lusail yuqori texnologiyalarga boy bo‘ladi - fuqarolar maishiy texnika vositalarini masofadan turib boshqarishlari mumkin, shahardagi umumiy vaziyatni esa axborot markazi nazorat qiladi. Bu haqda Sport Connect batafsil ma’lumot bergan.

Alkogolga o‘rin yo‘Q

Spirtli ichimliklarni xush ko‘ruvchilar Qatarga borishdan oldin bir o‘ylab olishsa kerak. Chunki bu yerda alkogol mahsulotlari iste’moli va sotuvi qat’iyan taqiqlanadi. Jahon chempionati payti qandaydir istisnolar qo‘llash rejalashtirilgan. Ayni payt Qatarda tug‘ilib-o‘sganlar uchun alkogol man etilgan, xorijliklarga esa uni sotib olish uchun maxsus ruxsatnoma kerak bo‘ladi. Xullas, o‘yin JCH-2022ning asosiy manzara va mahsuloti bo‘ladi.

 

Yana nimani bilish kerak?

 JCH-2022dan ishtirokchilar soni 32tadan 48tagacha ko‘payishi mumkin. Dastlab bu o‘zgarishni 2026 yildan amalga oshirish rejalashtirilgandi, ammo Infantino mazkur g‘oyani Qatar mundialidan boshlab qo‘llash ehtimoli yo‘q emasligini ta’kidladi.

 JCHga bog‘liq yana bir yangilik. Agar final bosqichi ishtirokchilari soni ortsa, guruh bosqichida o‘yindan keyingi penaltilar seriyasi o‘tkaziladi. /olib turnirda qo‘shimcha ochkoga ega bo‘ladi.

 Qatarga Yevropa klublari ham moslashib borishmoqda. «Yuventus» va «Milan» bu yerda Italiya Superkubogi bahsida maydonga tushishdi, 2019 yilda xuddi shunday maqomdagi musobaqani ispanlar ham Qatarda o‘tkazishmoqchi. Qisqasi, kelgusida Osiyoning bu davlatida futbol uchrashuvlari soni yanada ortishi kutilmoqda.

 Neymar JCH-2022 yuziga aylanishi kutilmoqda. «PSJ»ning qatarlik xo‘jayinlari braziliyalik hujumchini ushbu rolga tayinlab, buning uchun yiliga 50 million yevro to‘lashmoqchi. Demak, Neymar yaxshigina daromadga ega bo‘lishi mumkin, faqat... «PSJ»da o‘ynashni davom ettirsa.

 Rossiyada o‘tkazilgan jahon chempionati mundiallar tarixida eng yaxshisi topildi. Qatardagi tashkilotchilik balki eng yaxshisi emasdir, ammo boshqacha tarzda o‘tayotgani aniq. Xullas, JCH-2022 o‘zgacha tarzda o‘tishiga shubha yo‘q.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 20:30, 28.11.2018.
O'qildi: 6062 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.