Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Tanishing, «Metallurg»ning raqibi – «Buxoro»

Tanishing, «Metallurg»ning raqibi – «Buxoro»

Baho:
+ | -

“Buxoro” futbol klubiga 1960 yilda asos solingan. Shu yillar mobaynida mazkur klub turli nomlar bilan yuritib kelindi.

Dastlabki yetti mavsumni hamisha ko‘hna va navqiron shahar nomi ostida o‘tkazgan jamoa 1967-68 yillarda – “Fakel”, 1969-1988 yillarda – “Buxoro”, 1989-1996 yillarda – “Nurafshon” nomlari bilan musobaqalarda qatnashdi.

1997 yildan jamoa yana qadrdon nomini qaytadan tikladi va bugungacha ham shu nom ostida milliy chempionatlarimizda ishtirok etib kelmoqda.

Klubning milliy chempionatlarimizdagi eng yaxshi natijasi 1994 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda “Buxoro” mamlakat vise-chempioni bo‘lgandi.

O‘zbekiston kubogi bahslarida to‘rt marotaba yarim finalda kurashni to‘xtatgan. Jamoa uchun eng omadsiz mavsum 2009 yil bo‘lgan. Chempionatda 15-o‘rinni egallagan jamoa bir yil birinchi liga bahslarida qatnashib, 2011 yilda yana kuchlilar safiga qaytishga majbur bo‘lgan.

Jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi bu Yuriy Ageev, bitta mavsumda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi esa Olim Tillayev (1994 yil, 19 ta gol).

“Buxoro”ning milliy chempionatlarimizdagi eng yirik hisobdaga g‘alabasi – 8:1 (1993 yil – “Shifokor”), 7:0 (1995 yil – “Politotdel”). Eng yirik mag‘lubiyati esa – 0:8 (2005 yil – “Paxtakor”).

“Buxoro” jamoasi kuchlilar safida bugungacha jami 775 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, shulardan 313 tasini o‘z foydasiga hal etgan, 122 o‘yinda durang natija qayd etilgan, 340 uchrashuvda esa imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 1071:1174.

Manba: Stadion
Kiritildi: 10:31, 30.11.2018.
O'qildi: 1745 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.