Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Eng qiziqarli chempionat-Angliya chempionati ikkinchi ligasi?!

Eng qiziqarli chempionat-Angliya chempionati ikkinchi ligasi?!

Baho:
+ | -

Angliyaliklar yana va yana hammani ajablantirishmoqda. Matbuotda APL ortida turuvchi quyi divizionlarda kuzatiladigan g‘alati voqeliklar haqida tez-tez ma’lumot beriladi. Chunonchi, tumanli o‘lkada ba’zan Yevropa Chempionlar Ligasi final o‘yinlarining ravishi takrorlanadi, maydon o‘yinchilari esa bemalol darvozabon rolini o‘z zimmalariga olishadi. Mana, Angliya chempionati ikkinchi ligasini olaylik. Turnirning 18-turidan keyin yuzaga kelgan turnir jadvaliga boqib, yoqa ushlashingiz hech gap emas - butun ingliz futbolidagi eng qiziqarli manzara. O‘zingiz qarang va bir necha faktlarga e’tibor qarating.

3-o‘rinni egallab turgan «Nyuport Kaunti» klubiga qarang. Yaxshiroq qarang, kuchlilar qatorida borayotgan ishtirokchida to‘plar nisbati -2ni tashkil qilmoqda. Xullas, liganing uchinchi jamoasi 18ta turda urganiga nisbatan 2ta ko‘p gol qo‘yib yubordi. Hammasiga asosan 15 sentyabr kungi o‘yin «aybdor». O‘shanda «Yovil»ni qabul qilgan «Nyuport» o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida javobsiz 6ta gol bilan jazolangan edi. Umuman, «Nyuport» atigi 4ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan, jamoa minus belgisidagi jami 29ta goldan 16tasini shu uchrashuvlarda qabul qilgan.

t «Yovil Taun» - yana bir qiziqarli ishtirokchi. Birinchidan, bu jamoa 18ta tur doirasida 16 marta maydonga tushdi. Ikkinchidan, to‘plar nisbati }5ga teng bo‘lsada, turnir jadvalining 17-o‘rnida turibdi. «Yovil»da gollar balansi yaxshiligida aynan «Nyuport»ga qarshi kechgan o‘yin alohida o‘rin tutadi. Biroq klub 6:0 hisobidagi g‘alabadan keyin dahshatli omadsiz seriyaga yuz tutdi. Har holda, «Yovil» navbatdagi 3 ochkoni deyarli 1,5 oydan keyin qo‘lga kiritdi.

Chempionatda yaqin-yaqingacha Chempionshipda o‘ynagan nisbatan taniqli klub - «Milton Kins Dons» peshqadamlik qilmoqda. Jamoaning asosiy futbolchisi - 29 yoshli hujumchi Kiran Agard. U vaqtida «Arsenal» va «Everton» klublari yoshlar tizimida tahsil olgan, biroq faqat quyi ligalarda rizq teryapti. Misol uchun, Kiran 2016 yildan buyon «Milton Kins Dons» safida divizionlar aro «sayr» qilmoqda.

Liganing eng yaxshi to‘purari - yarim himoyachi Jeyms Norvud («Tranmer Rovers») hisobida 13ta gol bor. 28 yoshli futbolchi qatorasiga 7 mavsumdan beri 10tadan kam gol urayotgani yo‘q. Umuman, shunday barqaror va saviyali ijrochining past tabaqada nega uzoq vaqt ushlanib qolgani tushunarsiz holat. Norvud faoliyatining katta qismini «Forest Grin» safida o‘tgazgan, «Tranmer» libosini kiyganiga esa 4 yil bo‘ldi.

t «Forest Grin Rovers» - birinchilikning yana bir «sensasiya»chisi. Bu klub ayni payt 10-pog‘onani egallab turibdi. Lekin «Forest Grin» chempionatning dastlabki 12ta turida mag‘lubiyat nimaligini bilmagandi. Ispaniyalik 21 yoshli Robert Sanches jamoaning naq 16ta o‘yinida to‘liq ishtirok etdi. Joriy mavsum 3 marta sariq kartochka olishga ulgurgan bu darvozabon «Forest Grin» safiga qo‘shilishiga qadar uzoq vaqt «Brayton» yoshlar jamoasi zaxirasida o‘tirgandi.

Liga doirasidagi o‘yinlarda tez-tez turli aksiyalar ham o‘tkaziladi. Misol uchun, «Notts Kaunti»ning 94 yoshli muxlisi «Kryu Aleksandra»ga qarshi kechgan uchrashuv tanaffusida penaltidan gol urdi. Bu harakat omad keltirdimi, har holda, mezbonlar yakunda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Darvoqe, «Notts Kaunti» dunyo futbolidagi eng qadimiy klubdir. Jamoaga uzoq 1862 yili (!) asos solingan. O‘z o‘rnida aytish kerak, «Notts Kaunti»ni «Liverpul» safida porlagan avstraliyalik 40 yoshli Garri Kyuell boshqarayotgandi. Uni 13 noyabr kuni salbiy natijalar tufayli iste’foga chiqarishdi.

«Morkamb» klubining 39 yoshli chap qanot yarim himoyachisi Kevin Ellison ham e’tiborga tushdi. FIFA o‘yin simulyatorining yangi variantida bu futbolchining tezligi - 35 kilometr|soat. Kevinning o‘zi qanot futbolchisi uchun ancha past hisoblangan ko‘rsatkichni o‘ziga xos tarzda izohladi: «Menimcha, o‘yin ijodkorlari 24 soat ichidagi o‘rtacha tezligimni olishgan. Shaxsiy advokatimning aytishicha, bu futbolchilarni yoshiga qarab ajratish... Tezlik - 35. Jin ursin! Hali ko‘rsatib qo‘yaman!» «Morkamb»ga bog‘liq yana bir xabar shuki, jamoa oktyabr oyi oxirida belgiyalik Floran Kyuvelye bilan shartnoma tuzdi. Gap yozda «Uollsol» bilan kelishuvi tugagach, ma’lum muddat buyurtmachilarga pissa yetkazib berish bilan shug‘ullangan futbolchi haqida ketmoqda. Floranning aytishicha, u ipoteka vositasida uy xarid qilgan va qarzni to‘lash uchun yelib-yugurgan. Kyuvalye hozir 26 yoshda, demak, hali futbolchilik faoliyatini qutqarish uchun imkoniyati bor.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 20:28, 30.11.2018.
O'qildi: 2757 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.