Germaniya chempionatining 13-turida “Borussiya” “Frayburg”ni mag‘lubiyatga uchratdi.
Dortmundliklarni ikkinchi golini zahiradan maydonga tushgan Pako Alkaser urdi.
Joriy mavsum 25 yoshli futbolchi zahiradan maydonga tushib 9 ta gol urdi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha musobaqa rekordini takrorladi.
Huddi shunday natijani 2002/03 mavsumda “Shtutgart”ni sobiq hujumchisi Ionel Ganya va 2016/17 mavsumda “Frayburg” hujumchisi Nils Petersen urishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Ma’ulumot uchun, Alkaser joriy mavsum 8 ta o‘yinda maydonga tushib 10 gol urdi va musobaqa to‘purariga aylandi.