Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Futzal bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida O‘FA bayonoti

Futzal bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida O‘FA bayonoti

Baho:
+ | -
O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan yurtimizda futbolni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, futzalni ommalashtirish, futzal klublarini  rivojlantirish bo‘yicha qator samarali ishlar olib borilyapti.

Masalan, shu yildan boshlab Superligada ishtirok etayotgan klublar qoshida futzal jamoalarning  bo‘lishi majburiy qilib qo‘yildi. Buning natijasida klublar tomonidan futzal jamoalari har tomonlama qo‘llab-quvvatlandi. Futzal bo‘yicha chempionat formati o‘zgartirildi. Endilikda futzal klublari uy-safar tizimida uchrashuvlarni o‘tkazishmoqda. Buning natijasida mahalliy muxlislar ham futzal uchrashuvlarini tomosha qilish, o‘zlarining sevimli jamoalarini qo‘llab-quvvatlash imkoniga ega bo‘lishdi. 

Shuningdek, futzal uchrashuvlari avvalgidek noqulay vaqtlarda emas, muxlislar uchun qulay vaqtlarga ko‘chirildi. To‘g‘ri, ba’zi hududlarda futzal o‘tkaziladigan zallar bo‘yicha muammolar ko‘zga tashlanib qoldi. Lekin bu muammolar asta sekin bartaraf etilmoqda. Yangi, zamonaviy futzal o‘yingohlari qurish, borlarini talab darajasida ta’mirlash rejalashtirilgan.

Futzalni yanada ommalashtirish, futzal bo‘yicha terma jamoalarimizga xalqaro o‘yin amaliyotini taqdim qilish, xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilish maqsadida, 20 yoshgacha bo‘lgan futzalchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralashini Toshkentda o‘tkazishga qaror qilindi. 1-4 dekabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Markaziy Osiyo mintaqasi saralash bahslari bo‘lib o‘tdi. 4 kun davom etgan musobaqa tashkiliy jihatdan a’lo darajada o‘tkazildi. Buni Hindiston va Vyetnamdan musobaqani o‘tkazish uchun mas’ul etib tayinlangan komissarlar ham bugun e’tirof etib o‘tishdi. OFK O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan bu borada amalga oshirilgan ishlarni yuksak baholadi.

To‘g‘ri, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada o‘z oldiga qo‘ygan vazifani uddalay olmadi. Vakillarimiz birinchi o‘yinda Qirg‘iziston terma jamoasini 6:3 hisobida mag‘lub etishgandi. Ikkinchi uchrashuvda esa Tojikiston bilan 2:7 hisobi qayd etildi. Aslida o‘yin vakillarimiz uchun omadli boshlangandi. Ammo shu kuni Tojikiston terma jamoasi eronlik bosh murabbiy qo‘lostiida chiroyli o‘yin namoyish qilganini ham ta’kidlab o‘tish kerak. 

Shuningdek, ko‘p vaziyatlarda omad ham yigitlarimizdan ochiqchasiga yuz o‘girdi. Uchrashuvni tomosha qilgan muxlislar bunga guvoh bo‘lishdi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov ham o‘yindan keyin futzalchilarimiz yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmaganliklari evaziga mag‘lub bo‘lishganini, raqibimiz esa aksincha, barcha vaziyatdan oqilona foydalanganini ta’kidlab o‘tdi. Bu o‘yin. O‘yinda esa har xil natija qayd etiladi. Shu kuni yigitlar g‘alaba uchun haddan ziyod urinishgani, ishtiyoqlari kuchli bo‘lgani evaziga ham ko‘p vaziyatlarda hayajonlanib, o‘z o‘yinlarini namoyish qila olishmadi. Futbolni, futzalni kuzatib boradigan, bu o‘yinlarni yaxshi tushunadigan muxlislar bunday holatlar tajribali jamoalarda ham ro‘y berib turishini yaxshi bilishadi.

Shunday ekan, bu mag‘lubiyatdan fojea yasamay, xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda oldinga intilishda davom etish zarur. O‘zbekiston terma jamoasini musobaqa davomida qo‘llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildirib o‘tamiz!

O‘FA mamlakatimizda futzalni yanada ommalashtirish va rivojlantirish yo‘lida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishda davom etadi. Nasib qilsa, katta g‘alabalar hali oldinda!  
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 17:57, 04.12.2018.
O'qildi: 2789 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.