Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Jurnalistlar turnirida «MTRK» g‘olib bo‘ldi (foto)

Jurnalistlar turnirida «MTRK» g‘olib bo‘ldi (foto)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining mamlakat futbol assosiasiyasi bilan hamkorlikda jurnalistlar va nashriyot xodimlari o‘rtasida o‘tkazgan mini-futbol musobaqasi nihoyasiga yetdi. Bu haqda xabar.uz xabar tarqatdi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasining sun’iy maydonida 1-5 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan bahslarda jami 24 ta jamoa ishtirok etdi.

Dastlab jamoalar  6 ta guruhga bo‘lingan bahslarni o‘tkazdi. Guruh g‘oliblari va eng yaxshi natija qayd etgan ikkita ikkinchi o‘rin sohiblari, jami 8 jamoa chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Chorak va yarim finaldan keyin turnirning bosh sovriniga da’vogarlik qilgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

Bugun O‘FA sun’iy maydonlarida musobaqaning uchinchi o‘rini hamda bosh sovrini uchun o‘yinlar o‘tkazildi.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan o‘yinda «Sharq» nashriyoti va «Xalq so‘zi» gazetasi tahririyati vakillari maydonga tushishdi. Murosasiz bahsda gazetachilar g‘alaba qozondi.

«Xalq so‘zi» — «Sharq» — 2:0

Musobaqaning finalida O‘zbekiton Milliy teleradiokompaniyasining «MTRK» hamda «Zoʻr TV» jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib borishdi. Qiziqarli  kechgan uchrashuvda «MTRK» jamoasi 2:0 hisobida ustun keldi.

«MTRK» – «Zoʻr TV» – 2:0

Musobaqaning taqdirlash marosimida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari O‘ktam Hamroyev va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullayev sovrindor jamoalarga oltin, kumush va bronza medallari, diplom va sovg‘alarni topshirishdi. Shuningdek, g‘olib jamoaga o‘n million so‘m, sovrindorlarga esa sakkiz va olti million so‘mdan pul mukofotlari berildi. Musobaqa kubogini «MTRK» jamoasi qabul qilib oldi.

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 07:28, 06.12.2018.
O'qildi: 2430 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик