Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ektor Kuper: «Maqsadimiz — Osiyo kubogini qo‘lga kiritish»

Ektor Kuper: «Maqsadimiz — Osiyo kubogini qo‘lga kiritish»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yana bir oydan keyin BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogida ishtirok etadi. Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi majlislar zalida terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani o‘tkazildi.

— Avstraliyadagi yig‘indan keyin savollar ko‘payib ketdi. Avstraliyadagi 2ta o‘yinda natija salbiy bo‘ldi. U yerda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Mag‘lubiyat yoqimsiz bo‘lgani bilan uning foydali tomonlari bor. Murabbiy bu xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib olamiz. Osiyo kubogidan umidim katta. Ushbu musobaqaga yaxshi formada yetib kelamiz, degan umiddaman.

— O‘rtoqlik o‘yinlarida natija muhim emas. Buni bilamiz. Ammo Avstraliyadagi 2ta bahsda o‘yinimiz ham nursiz bo‘ldi. O‘tkazilgan bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlari qandaydir xulosalar chiqarish uchun yetarli bo‘ldimi?

— O‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlar deb ajratmayman.O‘rtoqlik o‘yinlarida ko‘p narsalarni sinab ko‘rish mumkin. Biz har qanday o‘yinga jiddiy yondashamiz. Koreya bilan o‘yinlarda o‘ylagan rejalarimiz amalga oshmadi. O‘yinimizga to‘xtaladigan bo‘lsam, sizga bir misol keltiraman. Fransiya terma jamoasi himoyaviy o‘yin orqali chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ularning o‘yini hech kimga yoqmadi. Ammo ular sovrin qo‘lga kiritishdi. Mening o‘yinim sizga yoqmayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin bizga avvalo natija kerak. Agar qayerdadir xato qilayotganimni sezsam, buni darhol tan olaman va o‘zgartirishga harakat qilaman. Osiyo kubogida biz butunlay o‘yin namoyish qilishimiz ham mumkin.

— Noyabrdagi yig‘inda terma jamoa tarkibi optimalga yaqin bo‘ldi, biroq natija borasida eng yomon natijalar qayd etdik. Demak, Osiyo kubogiga yo‘l oladigan tarkibda yana o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinmi?

— Osiyo kubogiga tarkib tanlashda faqatgina noyabr oyidagi yig‘inga urg‘u bermaymiz. Avvalgi yig‘inlar orqali futbolchilar haqida yetarli xulosalarga chiqarganmiz. Dekabr oyida 15 kunlik yig‘in o‘tkazamiz. Siz xayolingizga kelmagan futbolchilar Osiyo chempionatiga borishi mumkin. Bizda terma jamoaga nomzod futbolchilar bazasi mavjud.

— Livanga qarshi o‘yinda hujumkor o‘yin kutgandik, ammo terma jamoamiz ko‘proq himoyaga e’tibor qaratdi va deyarli xavfli vaziyat yarata olmadi. Osiyo kubogi guruh bosqichida bizga nisbatan 2ta kuchsiz terma bor. Ularga qarshi o‘yinlarda ham himoyaviy o‘yinga urg‘u beriladimi? Bizda zaxirada hujumkor o‘yin uslubi ham bormi?

— Nazariy jihatdan, qaysidir o‘yindan oldin raqib bizga nisbatan kuchsiz ko‘rinishi mumkin. Ammo har bir raqibga hurmat bilan yondashish mumkin. Men o‘yin uslubimni himoyaviy yoki hujumkor deb ayta olmayman. Men uchun eng muhimi muvozanat bo‘lishi kerak. Lekin avvalo himoyada tartibli o‘yin namoyish qilishimiz kerak. Sizni xotirjam qilishim mumkinki, bizda "V" reja ham bor.

— O‘zbekistonga kelishdan oldin bizning futbolchilar haqida qanday tasavvur bor ediyu, hozirda qanday xulosaga keldingiz?

— Odatda murabbiylar tarkib tanlashda ikkita muammoga duch kelishi mumkin: yo saviyali futbolchi yetishmasligi tufayli, yoki yaxshi futbolchilardan haddan tashqari ko‘pligi bois. Sizni hozirda qanday muammo qiynamoqda.

— Men buni muammo deb hisoblamayman. Ixtiyorimda bor futbolchilardan kelib chiqib jamoa tuzaman. Masalan, Germaniyada kuchli futbolchilar haddan tashqari ko‘p, ammo ular JCHda guruhdan chiqa olishmadi. Yana bir marta takrorlayman, biz tarkib borasida ham muvozantga erishishimiz kerak.

— Osiyo kubogida qanday natija siz uchun qoniqarli hisoblanadi.

— Osiyo kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritish.

— Qanot himoyachilarimiz Superliga o‘yinlarida yaxshi o‘yin ko‘rsatadiyu, ammo terma jamoa safida xalqaro uchrashuvlarda raqib hujumlarini yaxshi yopa olishmaydi. Buning sababi nimada? Chempionatimiz saviyasi pastmi?

— Taktika haqida gapiradigan bo‘lsam, bu katta mavzu. Taktika tanlashdan oldin jamoaning holatidan kelib chiqadi. Masalan, qaysidir murabbiy "Barselona"da qo‘llaydigan uslubni boshqa jamoada qo‘llashning iloji yo‘q. Ko‘p narsa futbolchilarning mahoratiga bog‘liq. Milliy chempionat o‘yinlarini kuzatyapman. Qanotdan hujumga qo‘shiladigan yaxshi futbolchilar bor. Ammo bu hammasi zo‘r degani emas. Faqatgina bu bilan cheklanib qolmasligi kerak.

— Siz talab qilayotgan narsalarni futbolchilar qanchalik to‘g‘ri qabul qilishyapti. O‘yinchilar bilan qanday vaziyatda suhbatlashasiz.

— O‘yinchilar men talab qilayotgan uslubni bajara olishga qodir. Bunga ko‘zim yetyapti. Agar o‘yinchi qila olmasligiga ko‘zim yetsa, o‘zgartirish kiritaman. Futbolchilar qandaydir ishlarni bajara olmayotganiga ishonch hosil qilsam, zaxira variantlarimiz bor. Ulardan foydalanamiz.

— O‘rtoqlik uchrashuvlaridagi barcha o‘yinlarimiz deyarli bir xil chiqdi. Osiyo kubogida o‘yin borasida yangilik kutamizmi yoki faqat shunday uslubda o‘ynaymizmi?

— Har qanday terma jamoaning o‘z o‘yin uslubi bo‘lishi kerak. Ko‘p o‘yin uslubi bo‘lishi ham to‘g‘ri emas. Osiyo kubogida boshqacha uslubda o‘ynaymiz. Sizlarni tushunib turibman, ko‘pchilik xavotirga tushib qolgan. Rejalashtirgan ishlarim binoyidek ketsa, musobaqada g‘olib chiqishimiz ham mumkin. Men musobaqaga optimistik ruhda yondashyapman. Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q. Futbolda o‘rtoqlik o‘yinlarida yomon natija ko‘rsatgan jamoa rasmiy bahslarda butunlay boshqacha o‘yin ko‘rsatishi mumkin. Bu normal holat.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:37, 06.12.2018.
O'qildi: 11085 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.