Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Akbar Ismatullayev: «Ortda qolgan 2018 yilgi mavsum juda esda qolarli tarzda o‘tdi»

Akbar Ismatullayev: «Ortda qolgan 2018 yilgi mavsum juda esda qolarli tarzda o‘tdi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

PEPSI  Superliga-2018 o‘z nihoyasiga yetdi. Butkul o‘zgacha tartibda o‘tkazilgan milliy chempionatimizning 2018 yilgi mavsumi siz-u bizga bir qancha shiddatli uchrashuvlar, kutilmagan natijalarni taqdim etdi.

Bekobodning “Metallurg” jamoasi 2018 yilni ancha ko‘tarinki ruhda o‘tkazdi. Bekobodliklar Superliganing eng yetakchi jamoalari uchun har vaqt “bosh og‘rig‘i" bo‘la olishdi. Yakunda jamoa 5-o‘rinni band etdi. Bunda jamoa yetakchilaridan biri Akbar Ismatullayevning xissasi beqiyos bo‘lganini alohida qayd etish joiz. 

Mahoratli futbolchi PFL rasmiy saytiga mavsum taassurotlari bilan bo‘lishdi. 

- 2018 yilgi futbol mavsumi ancha yodda qolarli bo‘ldi, desam adashmayman. Milliy chempionatimiz butkul yangicha formatda tashkil etildi. Jamoalarning 6 tadan 2 ta guruhga ajratilishi sabab chempionat startidanoq o‘yinlar ancha shiddatli va murosasiz kechganini ta’kidlay olaman. Jamoalar bu yil har bir ochko uchun chindan jiddiy kurash olib borishdi.

Yana bir jihatni alohida qayd etgan bo‘lardim, ortda qolgan mavsumda chempionatimiz tashkilotchilik jihatidan ancha o‘sdi. Kelasi yili mana shu o‘sishni davom ettirish kerak, deb o‘ylayman. Tashkil etilgan oilaviy sektorlar, o‘yin oldidan har xil konsert dasturlarining uyushtirilgani muxlislarni stadionga kelishga chorlay oldi. Natijada muxlislar stadionga ko‘proq kela boshladi va bu o‘yinchilarning kayfiyati va ruhiyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazdi. Zero o‘yinchi ham muxlis to‘la stadionda o‘zgacha zavq bilan to‘p suradi.

Kelasi yilda mana shunday yaxshi amaliyotlarni davom ettirish kerak. Yana o‘yinlar translyasiyasi masalasi ham bu yil ancha “jonlandi”. Uyda ota-onalarimiz ham o‘yinlarimizni jonli tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Mana shunday yangiliklar 2018 yilda kam bo‘lmadi. Ularni 2019 yilda yanada ko‘paytirish lozim. 

Umuman olganda, ortda qolgan 2018 yilgi mavsum juda esda qolarli tarzda o‘tdi. “Metallurg” jamoasi deyarli 90 foizga yangilandi. Murabbiylarimiz yaxshi jamoa shakllantirishga urinishdi. Natijada mavsumni kuchlilar safida 5-o‘rinda yakunladik. Qayd etgan natijamizdan mamnunman. O‘zim ham imkon qadar jamoam muvaffaqiyatiga xissa qo‘shishga urindim. O‘yinimga bahoni muxlis va murabbiylar bergani ma’qul. Men esa hamisha yaxshi formada bo‘lish uchun intilishda davom etaveraman, - dedi mahoratli futbolchi.  

“Metallurg” jamoasi matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 22:26, 06.12.2018.
O'qildi: 1957 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.