Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Bosh murabbiy masalasida “Buxoro” futbol klubi rasman ogohlantirildi

Bosh murabbiy masalasida “Buxoro” futbol klubi rasman ogohlantirildi

Baho:
+ | -

“Buxoro” futbol klubi matbuot xizmati jamoaga yangi bosh murabbiy sifatida Shuhrat Fayziyev olib kelinayotgani borasida xabar e’lon qildi. Professional futbol ligasi shuni rasman ma’lum qiladiki, “Buxoro” futbol klubi mazkur mutaxassisni bosh murabbiy sifatida Superliga o‘yinlari uchun ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

Futbol klublari o‘tgan oyning so‘nggi o‘n kunligida 2019 yilgi mavsum uchun lisenziyalash talablarini qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, lisenziyalash talabi jamoatchilik uchun ham ochiqlandi. Unda 2019 yilgi mavsumdan boshlab Superliga klublari bosh murabbiylarida “Pro” lisenziyasi bo‘lishi shart ekani ko‘rsatib qo‘yilgandi. Shuhrat Fayziyev esa faqatgina “A” lisenziyasining egasi hisoblanadi.

Superligada faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan mutaxassislar ayni kunlarda Toshkentda bo‘lib turibdi va ular “Pro” lisenziyasi uchun kurslarda ishtirok etyapti. Xususan, “Buxoro” futbol klubining endilikdagi sobiq bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev ham ular orasida bor. Biroq Shuhrat Fayziyev o‘z malakasini oshirish imkonini beruvchi mazkur kursda o‘qish istagini bildirmagan.

Bundan tashqari, “Buxoro” futbol klubi o‘z zimmasidagi qarzdorliklar masalasini ijobiy hal qilmaguniga qadar, yangi murabbiy va futbolchilar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Bu boradagi rasmiy ogohlantirish xati klubga yetkaziladi. Shuningdek, klub vakillari futbol akademiyasi hamda stadion maysasi haqida ham qayg‘urishi shart.   

Ma’lumot uchun, avvalroq Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi ham shunga o‘xshash ogohlantirish xati qabul qilib olgandi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 18:30, 07.12.2018.
O'qildi: 6682 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик